TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14048

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views5,360帖子阅读量
发布5月17日2025/05/17 04:05
Post content

帖子内容

🟦Bluetooth 6.1: Xakerlarga xayr! Salom, maxfiylik va quvvat tejamkorlik! 📡 Yangi Bluetooth Core 6.1 standarti taqdim etildi — u nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki batareyani ham avvalgidan yaxshiroq tejaydi. 🛡 Avval Bluetooth manzillari har 15 daqiqada yangilanardi — bu esa kuzatuvchilar uchun oson nishon edi. Endilikda esa manzillar tasodifiy 8–15 daqiqa oralig‘ida o‘zgaradi, istasa — 1 soniyadan 1 soatgacha sozlash mumkin. ⚙️ Endi barcha maxfiy manzillarni chipning o‘zi generatsiya qiladi — markaziy protsessor aralashmaydi, bu esa batareyani tejaydi va gadjetlarning avtonomligini oshiradi. 🧬 Yangi algoritm NIST tomonidan tasdiqlangan — bu uni deyarli kuzatib bo‘lmas holga keltiradi. Ma’lumotlar havoda maksimal xavfsizlikda uzatiladi. 📅 Yangi chiplar va moslashgan dasturlar bozoriga 2026-yildan boshlab chiqishi kutilmoqda. Ammo bu texnologiya allaqachon maxfiy aloqa kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda. 👉#bluetooth | Birinchi raqamli IT-Blog