TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14526

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views4,910帖子阅读量
发布11月13日2025/11/13 09:34
Post content

帖子内容

💬 OpenAI GPT-5.1ni taqdim etdi — ChatGPT’ning yangilangan va yanada “insoniy” versiyasi. 🤖GPT-5 chiqarilganidan uch oy o‘tib, kompaniya uning yangilangan talqini — GPT-5.1ni taqdim qildi. OpenAI’ning aytishicha, yangi model “iliqroq, aqlliroq va foydalanuvchi ko‘rsatmalarini yanada yaxshi tushunadi”. ✅Asosiy yangilanishlar • GPT-5.1 Instant — asosiy rejim. Javoblar tabiiyroq, shablonsiz va ko‘rsatmalarga aniqroq amal qiladi. Standart ohang — do‘stona. • GPT-5.1 Thinking — kengaytirilgan mantiqiy fikrlash rejimi. Oddiy vazifalarda tezroq, murakkab vazifalarda barqarorroq, ohangi esa iliq qoladi. • Shaxsiylashtirish imkoniyatlari kengaydi: ohangni professional, do‘stona yoki norasmiy uslubga moslab tanlash mumkin. • Aniq ko‘rsatmalarni bajarish yaxshilangan: model “olti so‘zda javob ber” kabi chegaralarga aniq amal qiladi. ✅Ishlash tartibi Avvalgidek, ChatGPT avtomatik ravishda Instant yoki Thinking rejimidan qaysi biri mos ekanini tanlaydi. ✅ Mavjudlik GPT-5.1 bosqichma-bosqich Pro, Plus, Go va Business tariflari uchun yoqilmoqda. Bepul foydalanuvchilar esa keyingi bosqichdan so‘ng foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. 📅GPT-5 esa kamida yana uch oy davomida faol bo‘lib turadi. ➡️#openai#chatgpt | Birinchi IT-Blog