TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
帖子内容
🇨🇳 Xitoyning Noextix robototexnika startapi haqiqiy ish muhitlari uchun mo‘ljallangan yangi gumanod servis robotini taqdim etdi. 🤖Hobbs W1 nomli bu robot jamoat oldida xizmat ko‘rsatish vazifalariga moslashtirilgan bo‘lib, “ayol uslubidagi” realistik bionik bosh, interaktiv displey, 6 erkinlik darajasiga ega qo‘llar va 5DoF robot kaftlariga ega. ℹ️ Robot to‘liq avtonom harakatlanadi, shu bois odamlar orasida bemalol yurib, kutib olish, yo‘naltirish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. 🤖Noetix’ning aytishicha, Hobbs W1 emotsiyalarni taniy oladi, tabiiy muloqot qiladi, real vaqt rejimida ma’lumotlarni sinxronlashtiradi va turli professional sharoitlarda muammosiz xizmat ko‘rsatadi. ➡️#robot | Birinchi IT-Blog