帖子内容
🇯🇵 Yaponiyada havodan ham yengil bo‘lgan material yaratildi — uni qo‘lda deyarli sezib bo‘lmaydi. 🌬 Sora Materials startapi CES 2026 ko‘rgazmasida Soramatex nomli ultra yengil moddasini namoyish qildi. Uning zichligi havonikidan ikki baravar past. Jurnalistlar aytishicha, ular bundan oldin bunaqa yengil narsani hech qachon ushlab ko‘rmagan. ⚙️ Grafenli aerogelga nisbatan, yangi material nihoyatda yong‘inga chidamli va juda elastik — 2–3 tonna bosimdan keyin ham o‘z shaklining 97% ini tiklay oladi. 🛩 Agar u samolyotlar uchun izolyatsiya materiali sifatida ishlatilsa, an’anaviy materiallar bilan bir xil himoya xususiyatlarini beradi, ammo ikki baravar yengil bo‘ladi. Bu esa samolyot og‘irligini yarim tonnagacha kamaytirish imkonini beradi. ℹ️ Bu “mo‘jiza material” nafaqat aviatsiyada, balki aerokosmik sohada ham qo‘llanadi. Kichik hajmdagi ishlab chiqarish 2028–2029-yillarda, to‘liq miqyosdagi ishlab chiqarish esa 2031-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. ➡️#ces#texnologiya | Birinchi raqamli IT-Blog