帖子内容
🤖 Insoniy robotlar hali odamdan ancha ortda 🇨🇳 Dunyodagi eng yirik odamga o‘xshash robotlar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Xitoyning UBTech kompaniyasi robotlar zavodlarda hozircha odamlardan 2–3 baravarsamarasiz ishlayotganini tan oldi. ℹ️ Kompaniya rahbariyatiga ko‘ra, hatto eng ilg‘or modellarning samaradorligi ham insonnikidan 50–70% past bo‘lib, ular hozircha faqat oddiy vazifalar — buyumlarni ko‘chirish va sifat nazorati uchun mos. ✅ Shunga qaramay, UBTech Zeekr, BYD, Geely va Foxconn (iPhone’larni yig‘uvchi) kabi yirik kompaniyalardan buyurtmalar olishda davom etmoqda. Yaqinda esa Airbus bilan ham shartnoma imzolandi. 📈 UBTech 2025-yilda 10 000 ta robot ishlab chiqarishni, 80% samaradorlikka esa faqat 2027-yilda erishishni rejalashtirmoqda. ➡️#robot | Birinchi IT-Blog