TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14770

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views5,330帖子阅读量
发布2月2日2026/02/02 12:23
Post content

帖子内容

🦂BAAda “skorpionomobil” namoyish etildi — bu yo‘ltanlamas cheksiz cho‘llar uchun yaratilgan 🚘Genesis kompaniyasi X Skorpio nomli konsept avtomobilni taqdim etdi. U bevosita qora yo‘g‘on dumli chayondan ilhomlangan va o‘ziga xos muhitda — Rub al-Xoli cho‘llarida namoyish qilindi. ℹ️ Kuzovdagi segmentlangan panellar chayonning ekzoskeletini, egri chiziqlar esa hujum oldidagi dum harakatini eslatadi. Uglerod tolasi va kevlar’dan tayyorlangan yengil “zirh” avtomobilga juda og‘ir to‘qnashuvlarga ham bardosh berish imkonini beradi. 🛞 O‘xshashliklar shu bilan tugamaydi: kengaytirilgan g‘ildirak kamarlari qisqichlarga, tomdagi havo yutgich esa chayon nishiga o‘xshaydi. Qizdiruvchi quyosh ostida avtomobil yuzasi deyarli tirikdek ko‘rinadi. ⚙️X Skorpio18 dyuymli yirik g‘ildiraklar va 1100 ot kuchiga ega V8 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, qum ustida yuqori tezlikda harakatlanish uchun moslangan. ✅ Saloni charm, mikrozamsha hamda mat va yaltiroq materiallar uyg‘unligida yaratilgan. Asboblar paneli to‘g‘ridan-to‘g‘ri rulga joylashtirilgan, bu esa qumtepalardan o‘tishda chalg‘imaslikka xizmat qiladi. ➡️#avto#genesis | Birinchi IT-Blog