帖子内容
🚀Dunyoda allaqachon 70 milliondan ortiq odam 5G’ning yangi bosqichi — 5G-A’dan foydalanmoqda. 📡Huawei Barselonada o‘tayotgan Mobile World Congress 2026 ko‘rgazmasida undanda yangi texnologiyalarini ko‘rsatdi. Eng muhim yangilik — 5G-A’ni yanada kuchaytiradigan U6 GHz texnologiyasi, bu esa kelajakdagi 6G internetiga o‘tish uchun poydevor bo‘ladi. 🤖 Kompaniya yana AI-Centric Network degan tizimni taqdim etdi. Oddiy qilib aytganda, kelajak tarmoqlari sun’iy intellekt yordamida o‘zini-o‘zi boshqaradigan va tezroq ishlaydigan bo‘ladi. 💻 Huawei ko‘rgazmada ilk bor Xitoydan tashqarida SuperPoD nomli ulkan AI hisoblash klasterini ham namoyish qildi. Bu tizim juda katta sun’iy intellekt modellarini ishlatish uchun kuchli hisoblash quvvatini beradi. 🌍 Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ular hamkorlari bilan birga 80 dan ortiq mamlakatda 170 million odamni internet bilan ta’minlashga yordam bergan. 📱 Ko‘rgazmada yangi smartfonlar, bukiladigan ekranlar, aqlli soatlar, planshetlar va boshqa qurilmalar ham taqdim etildi. Kompaniyaning MWC'dagi bu yilgi shiori esa: “Advancing All Intelligence” — ya’ni sun’iy intellekt davrini tezlashtirish bo'ldi. ➡️#mwc#huawei | Birinchi IT-Blog