帖子内容
📱Samsung atigi 3 oy o‘tibGalaxy Z TriFold sotuvlarini to‘xtatmoqda 🇰🇷 Janubiy Koreyada sotuvlar 17-martdan boshlab to‘xtatiladi. Smartfon esa 2025-yil 12-dekabrda taqdim etilgan bo‘lib, shu vaqt davomida cheklangan miqdorda sotilgan — Samsung har 1–2 haftada kichik partiyalarni saytga chiqarib turgan. 😯 Qizig‘i shundaki, talab juda yuqori bo‘lgan: * taxminan 3000 ta qurilma bir necha daqiqada sotilib ketgan * ikkilamchi bozorda narxi rasmiy narxdan 3 barobargacha oshgan 🇺🇸AQShda model hozircha sotuvda qoladi — ombordagi zaxiralar tugaguncha. 💸 Mutaxassislar fikricha, sotuvlarning to‘xtatilishiga xotira va chiplar narxining oshishi sabab bo‘lgan. Qurilma aslida deyarli foyda keltirmagan va minimal ustama bilan sotilgan. ➡️#samsung | Birinchi IT-Blog