TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14872

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views5,400帖子阅读量
发布3月17日2026/03/17 14:03
Post content

帖子内容

🌐 Dunyoning 207 davlatidan 105 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi, 2900 ta kompaniya va 1700+ spiker — bularning barchasi MWC 2026 ko‘rgazmasida jam bo‘ldi. 🇪🇸 Barselona yana bir bor IT va telekom markaziga aylandi. Bu yil tadbir o‘zining 20 yilligini nishonladi va 200 ming m² dan ortiq hududda eng so‘nggi texnologiyalar namoyish etildi. ✋ Ko‘rgazmadagi eng yirik stendlardan biri — Huawei (1200 m²). Bu yerda AI asosidagi tarmoqlar, 5G-Advanced va 6G yechimlari, hamda SuperPoD serverlari taqdim etildi. 🧑‍💻 Bu yil ilk bor O‘zbekiston pavilioni ham tashkil etilib, mahalliy startaplar xalqaro maydonga chiqdi. Shuningdek, Ucell xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi. 📶 Mutaxassislar fikricha, 5G-Advanced allaqachon 6G uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda va yaqin yillarda yangi avlod aloqa texnologiyalari hayotimizga kirib keladi. ✅ Barselonadan, MWC 2026 ko‘rgazmasidan "Biz TV" uchun maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qiling. 😎https://youtu.be/3xv8yXtQ5ak ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog