TGINSIGHT CHAT
ADU.UZ | Rasmiy kanal
@adu_uz
教育✔️Veb-sayt: www.adu.uz ✔️Facebook: www.fb.com/andsu.uz ✔️Instagram: www.instagram.com/adu.uzb ✔️Twitter: www.twitter.com/adu_uz ✔️Youtube: www.youtube.com/aduuz ©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adu_uz_bot
最近帖子
第 1/84 页 · 共 1,000 条
发布 4月24日
Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim — career.edu.uz ishga tushirildi. ♻️Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar: 🟢 AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish 🟢 Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish 🟢 Frilans xizmatlaridan foydalanish 🎓Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar: 🟢Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish 🟢Frilans xizmatini taklif etish 🟢Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish 🟢“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar career.edu.uz — talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil! 📲 Ilovani yuklab olish Android | IOS — — — Запущена career.edu.uz — новая цифровая экосистема для содействия в трудоустройстве студентов и выпускников. 🏢 Удобные решения для работодателей: 🟢Подбор подходящих кандидатов с помощью искусственного интеллекта (ИИ) 🟢Быстрая и удобная публикация вакансий 🟢Привлечение фрилансеров для выполнения задач 🎓Новые возможности для студентов и выпускников: 🟢 Создание профессионального резюме всего за несколько минут 🟢Предоставление фриланс-услуг 🟢Онлайн-отклик на открытые вакансии 🟢Прохождение интерактивных собеседований с AI HR-менеджером career.edu.uz — самая удобная площадка, где встречаются студенты и работодатели! 📲 Скачать приложение Android | IOS Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
发布 4月24日
🏐🏐🏐🏐 Andijon shahrida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi Andijon shahridagi Universal sport majmuasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublikaning turli hududlaridan kelgan yosh shaxmatchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar. Ochilish marosimida Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligidagi universitet jamoasi ham faol ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tiladi va ularni bellashuvlarda ruhlantirib, har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Mazkur chempionat yoshlar o‘rtasida shaxmat sportini keng ommalashtirish, ularning strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda iqtidorli shaxmatchilarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
发布 4月24日
💐💐💐💐💐 Andijonda iqtidorlar kashf etilmoqda: Xalqaro tasviriy san’at festivali Andijon viloyatida “Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlarning rassomlik san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy xalqaro “Tasviriy san’at festivali” o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli tanlovda Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etmoqda. Festival doirasida universitet jamoasining ijodiy ishlari bilan rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev yaqindan tanishib, ularning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi hamda jamoani qo‘llab-quvvatlab, alohida e’tirof etdi. 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
发布 4月24日
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Andijon davlat universiteti jamoasi “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi Andijon davlat universiteti jamoasi mezbonlik qilgan “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi yakunlariga ko‘ra, Andijon davlat universiteti jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu g‘alaba natijasida universitet jamoasi tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Jamoani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va respublika bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
发布 4月24日
发布 4月24日
发布 4月24日
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ Andijon davlat universitetida “Adabiyot faxri – Muhammad Yusuf” tavalludi keng nishonlandi Yurtimizning ardoqli shoiri, xalq qalbidan chuqur o‘rin egallagan adabiyot faxri Muhammad Yusuf tavalludining yilligi munosabati bilan Andijon davlat universitetida adabiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tantanali tadbir universitet rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyevning kirish so‘zi bilan ochildi. O‘z ma’ruzasida rektor Muhammad Yusuf ijodi yoshlar tarbiyasida muhim ma’naviy manba ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida shoirning hayoti va boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan chiqishlar, she’riy ijrolar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar Muhammad Yusuf she’riyatiga xos yurtparvarlik, sadoqat, muhabbat va insonparvarlik g‘oyalarini chuqur his etgan holda, uning asarlari orqali Vatanga mehr va ehtirom tuyg‘ularini yorqin ifoda etdilar. Shuningdek, tadbir davomida shoir hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar, uning xalqchil satrlari hamda adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi. Mazkur tadbir yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlikka qiziqish va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ishtirokchilarda esa shoir ijodiga nisbatan chuqur hurmat va adabiyotga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
发布 4月24日
💥💥💥💥 📹 Birozdan so‘ng Andijon shahridagi Universal sport majmuasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
发布 4月24日
❗️❗️❗️❗️❗️ Andijon davlat universiteti mezbonligida “To‘maris izdoshlari” viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat universitetida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy tayyorgarligi hamda ma’naviy-ruhiy salohiyatini oshirish, shuningdek jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovning tantanali ochilish marosimida Baxtiyorjon Akbaraliyev so‘zga chiqib, mazkur tanlovning ahamiyati, undan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov davomida ishtirokchilar tanishtiruv, sport mahorati, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda velosipedda harakatlanish yo‘nalishlarida o‘z salohiyatlarini namoyon etib, jasorat, chaqqonlik va jamoaviylik ruhini yorqin ifoda etmoqdalar. Mazkur musobaqa talaba-qizlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, jamoada samarali ishlash hamda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 🎗️ Bizning rasmiy sahifalarimiz 🎗️Veb−sayt🎗️Telegram 🎗 Facebook🎗️Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari ❗“Rektorlar maktabi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi ☑️Hukumatning 2026-yil 16-apreldagi 177-son qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi ishga tushiriladi. ✔️Dasturga qabul talablari: ⚫️ 30 yoshga to‘lgan; ⚫️ kamida magistr akademik darajasiga ega; ⚫️ oliy ta’lim sohasida kamida 5-yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2-yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan . 📅 Dastur tinglovchilari: ➡️akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv; ➡️sun’iy intellekt va raqamlashtirish; ➡️strategik boshqaruv va transformatsiya yo‘nalishlarida bilim oladi. ♦️Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi. 🗓 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSH) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi. Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram
Hashtags
发布 4月24日
✴️HEMIS tizimida bitiruvchi talabalar diplomlarini rasmiylashtirishning yangi tartibi 📢 HEMIS axborot tizimining yangilangan versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini shakllantirish va bitirish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish jarayonlariga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda. ♻️ Endilikda talabalarning o‘qishini yakunlash va diplom hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi 4 bosqichli algoritm asosida amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqich: Akademik qarzdorlik va akkreditatsiyani tekshirish. Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirganligi(akademik qarzdorligi yo‘qligi) qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi va yo‘nalish bo‘yicha akkreditatsiya ma’lumotlari tasdiqlanadi. 2️⃣-bosqich: Diplom anketasini shakllantirish. Har bir bitiruvchi uchun diplom anketasi yaratiladi. Ma’lumotlar to‘liqligi tekshirilgach, diplomning PDF shakli generatsiya qilinadi. Ushbu bosqichda barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish shart. 3️⃣-bosqich: Bitirish buyrug‘ini rasmiylashtirish. Talabaning o‘qishini tamomlagani to‘g‘risidagi buyruq tizimda rasmiylashtiriladi va uning holati (statusi) “Bitirgan” darajasiga o‘tkaziladi. 4️⃣-bosqich: Tasdiqlash va reestrga kiritish. Diplomlar yakuniy tasdiqdan o‘tkaziladi, nashr etish parametri faollashtiriladi va hujjat avtomatik ravishda diplomlar reestriga yo‘naltiriladi. ❗ DIQQAT, MUHIM ESLATMA! Yangi tartibga ko‘ra, tizimdagi “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi. Shuning uchun har bir bosqichda ma’lumotlarni kiritishda yuqori darajadagi mas’uliyat va aniqlik talab etiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
⚡️ Dasturlash va matematika musobaqasiga marhamat! Siz IT sohasida oʻz kelajagingizni koʻryapsizmi? Bilimingiz va mantiqiy fikrlashingizni xalqaro darajada sinab koʻrishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun! ✍️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti va “Yandex” kompaniyasi hamkorlikda “Yandex Coding and Math Contest (CMC)” ochiq musobaqasini eʼlon qiladi! 🏆Musobaqa gʻoliblarini nimalar kutmoqda? 🟢 Yandex Uzbekistan kompaniyasida stajirovka oʻtash uchun suhbatga taklif; 🟢“ML School Uzbekistan” saralashining final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma; 🟢 Qimmatbaho sovgʻalar va esdalik buyumlari. 🔔Musobaqa tartibi: ♻️ Bellashuv ikki bosqichda – ingliz tilidagi 10 ta matematika va dasturlash masalalari asosida oʻtkaziladi: 1️⃣Onlayn saralash: 2026-yil 26-aprel. 2️⃣Offlayn final: 2026-yil 22-may. 🎉 Tantanali taqdirlash: 23-may. 📆Roʻyxatdan oʻtish muddati: 25-aprelgacha. 💡 Bu nafaqat musobaqa, balki sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar olamiga kirish uchun beqiyos imkoniyatdir. Oʻz salohiyatingizni namoyish eting va xalqaro IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning! 🔗Roʻyxatdan oʻtish uchun➡️havola ☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 202-41-11 (121) #YangiUzbekistan#YandexCMC#ITmathematics Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram