帖子内容
‼️Sening davring keldi! ✅Yurtdoshlarimiz uchun “Future Skills Uzbekistan” loyihasiga roʻyxatdan oʻtish boshlanganini xabar qilishdan mamnunmiz! Bu – har bir xohlovchi quyidagilarga ega boʻlishi mumkin degani: — IT yoʻnalishida professional taʼlim va tayyorgarlik; — IT mutaxassis kompetensiyasini baholash va malaka toʻgʻrisidagi pasport; — IT mutaxassisning ishga joylashishiga va oʻzini-oʻzi band qilishiga (frilans) koʻmaklashish. ❗️Biroq, siz faqat quyidagi toifaga kirsangizgina loyihada ishtirok etishingiz mumkin: ✅ 16 yoshdan katta, ishsiz Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi hamda quyidagilarni oʻz ichiga olgan boshlangʻich saralashdan oʻta olishi kerak: mantiq boʻyicha test, kompyuter savodxonligi boʻyicha boshlangʻich bilim darajasini aniqlash uchun test, shuningdek ingliz tili boʻyicha test. Barcha kategoriyalarga mos kelasanmi? Unda bemalol havola orqali roʻyxatdan oʻt va oʻz koʻnikmalaringni biz bilan birga rivojlantir!🙌 Ishon, bu kelajakda senga yordam beradi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: ▶️futureskills.uz