帖子内容
Talabalar uchun keng tarmoqli grant imkon.uz "Metsenat" bo'limida Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati stipendiyalar dasturi e’lon qilindi. Dasturning maqsadi: sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. 🔖Necha kishiga beriladi: 12 nafar 🔰Qaysi ta'lim yo'nalishi uchun? Stipendiya kimyo-texnologiya, biologiya, mashinasozlik, ekologiya, metrologiya yo’nalishida kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan 3 va 4-bosqich bakalavr talabalari hamda 1 va 2-bosqich magistrantlari uchun beriladi. 👉 Qo`shimcha ma`lumot uchun ⏳Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng ichki imtihon orqali g’oliblar aniqlanadi. 📲Onlayn ariza yuborish: https://imkon.uz/metsenat/110 @imkon_uzbekistan