帖子内容
🤔 Kompaniya talabiga loyiq xodim yoʻqmi? Xoʻsh, kompaniyalar oʻzi sizni qidirishi uchun qanday koʻnikmalarga ega boʻlishingiz kerak? ➖ Sohani chuqurroq oʻrganing. Hozirda Senior HTML dasturchi boʻlib, ish qidirib yurganda koʻra ayni tanlangan yoʻnalishning hech boʻlmaganda kuchli Junior boʻlgandan soʻng intern qilishni oʻylab koʻrsangiz boʻladi. ➖ “Portfolioingni koʻrsat men senga kimligingni aytaman”. Demak, rivojlanish davomida darajangiz mos keladigan loyihalarda ishlab, shu orqali portfolio muammosini hal qilishingiz mumkin. P.s: Loyihalarni LinkedIn kabi platformalar koʻrsatib borish tavsiya qilinadi. ➖ Soft skillʼlarga ega xodim jamoada qadrlanadi. Jamoa bilan ishlash va yangi insonlar kabi mahoratlarni oshirib borish maqsadga muvofiq boʻladi. ➖ Yuqorida barchasini rezyumega joylang va shablon emas, ajralib turadigan qilib rezyume qilish sizga anchagina eʼtibor olib keladi. 🔥 Koʻrib turganingiz barchasi oddiy, lekin koʻplab kadrlarda uchraydigan kamchiliklar hisoblanadi. @colearninguz