TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #598

@colearninguz

Co-Learning Center

Views1,220帖子阅读量
发布8月5日2022/08/05 03:57
Post content

帖子内容

Mustaqil tarzda ishlab, oʻyin yaratish mumkinmi? ✅ Ha, game developing sohasida bir oʻzi ishlab oʻyin yaratish mumkin. Buning oʻziga yarasha foydalari ham bor, lekin bu qiyin va uzoq vaqt talab qiladi. Jamoaviy ishlash esa mustaqil ishlashga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega: Birinchidan, bir oʻzingiz oʻyin yaratish uchun koʻp vaqt sarflaysiz, jamoa bilan esa, ancha tezroq boʻladi. Qoʻshimcha bir necha juft qoʻllar va aql-idrok loyihani qisqa vaqt ichida ishlab chiqishga yordam beradi. Ikkinchidan, jamoaviy ishlash sizga motivatsiya beradi. Yaʼni jamoadoshlaringizning mehnati sizni ruhlantirishi mumkin yoki aksincha sizning shijoatingiz ularni. Uchinchidan, bu sizga barcha masʼuliyatni boʻyningizga olmaslik imkonini beradi. ✍️ Sizningcha mustaqil tarzda o'yin yaratish yaxshimi yoki jamoaviy? @colearninguz