帖子内容
💻Dasturlash tillari tarixiga nazar solamiz Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillari mavjud boʻlib, ularning soni tobora koʻpayib bormoqda. Keling, bu safar biz siz bilan dasturlash tillarining kelajagi haqida emas, oʻtmishi haqida gaplashamiz. 💡Birinchi dasturlash tili qaysi va qachon yaratilganligini bilasizmi? Birinchi dasturlash tili FORTAN boʻlib, u 1954 -1957-yillarda IBM korporatsiyasida Jon Backus boshchiligidagi dasturchilar guruhi tomonidan yaratilgan. Uning nomi Formula Translator soʻzining qisqartmasidan kelib chiqqan boʻlib, u ilmiy va texnik hisob-kitoblar uchun moʻljallangan edi. Ushbu maʼlumot sizga qiziqarli va foydali boʻldi degan umiddamiz. Qiziqarli maʼlumotlar rubrikasini davom ettirishimizni istaysizmi? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring ✍ @colearninguz