TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #708

@colearninguz

Co-Learning Center

Views1,110帖子阅读量
发布12月15日2022/12/15 07:19
Post content

帖子内容

Siz dizayner, kopirayter yoki dasturchimisiz? 👨‍💼 Sizning sohangizda portfolio muhim oʻrin egallaydi. Mijoz sizga ishni topshirishidan oldin portfolioni koʻrishni xohlaydi. Koʻp hollarda sizning portfoliongiz telegram kanal koʻrinishida boʻladi. ✅ Shuni yodda tutish kerakki, bozorda sizning shaxsiy brendingiz ham rol oʻynaydi. Agar telegram kanaldagi portfolioni koʻp kishi kuzatsa, sizni koʻproq inson taniydi va buyurtmalar koʻp boʻladi. Ammo, insonlar sizning portfoliongizni kuzatishdan juda kam foyda va manfaat olganliklari sababli sizni kuzatmay qoʻyishligi mumkin. 🗝 Bunday holatda portfolio formatini blog formati bilan aralashtirib yuboring. Yaʼni ishlaringiz orasida fikrlaringiz, tajribalaringiz va soha boʻyicha bilimlaringiz boʻlsa, kuzatuvchilaringizda sizga nisbatan ishonch paydo boʻladi hamda sizni doimiy kuzatib boradilar. @colearninguz