TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #729

@colearninguz

Co-Learning Center

Views914帖子阅读量
发布1月3日2023/01/03 11:25
Post content

帖子内容

💻 Diplomsiz dasturchi boʻlish mumkinmi? Dasturchi boʻlish yaxshi oylik maosh, masofadan ishlash imkoniyati va qiziqarli ish boʻlganligi uchun hozirgi vaqtda juda yaxshi kasb sanaladi. Bu kasb boʻyicha eng keng tarqalgan savollar, “Dasturchilarga diplom kerakmi?”, “Katta kompaniyalarga diplomsiz kirsa boʻladimi?” kabilardir. Dasturchi boʻlish uchun kerakli bilimlarni olish yoʻllari koʻp: universitet, onlayn kurslar/maqolalar va bootcamp'larga borish orqali. Har qanday sohada mutaxassis boʻlish uchun universitetga borish shart emas, bunga koʻp misollar topsa boʻladi. Shuningdek dasturchi boʻlish uchun ham universitetga borish shart emas. 🎓 Ammo maʼlumotlarga koʻra, katta texnologik kompaniyalardagi 75% ga yaqin dasturchilar kamida bakalavr darajasini olishgan. Shunday ekan, siz tanlagan universitet sizga kerakli bilimlarni bersa, sizni talabingizni qondirsa oʻqish optimal usul. Agar siz tanlagan universitet yaxshi bilim bermasa, boshqa kurslardan bilim olish kerak. Universitetga esa, diplom va muhit uchun borgan afzalroq. @colearninguz