TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #736

@colearninguz

Co-Learning Center

Views1,050帖子阅读量
发布1月9日2023/01/09 09:11
Post content

帖子内容

🎤Soʻnggi bosqich: Suhbat jarayoni Co-Learning Center va INHA universiteti hamkorligidagi Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha eʼlon qilingan kursga roʻyxatdan oʻtish 1-yanvar kuni yakunlangan edi. 🎯 Ushbu kurs uchun 100 dan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari tanlab olindi. Endi esa hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda. Sababi, bugundan suhbat jarayoni boshlanadi. Kurs ustozi tomonidan 15 nafar nomzod saralab olinadi. ✅ Suhbat jarayonida yoshlarning sohaga qay darajada qiziqayotgani, nima uchun oʻrganmoqchi ekanligi va kelajagini qanday tasavvur qilayotgani alohida e'tiborga olinadi. 📣 Talabgorlar bilan suhbat jarayoni ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etiladi. Natijalar esa, 15-yanvarga qadar eʼlon qilinadi. @colearninguz