帖子内容
Navbatdagi master-klassni qarshi oling! Endilikda, Co-Learning Center’da doimiy ravishda master-klass, workshop va ochiq darslarni o’tkazishni yo’lga qo’ymoqdamiz. ⚡️ Navbatdagi master-klass Elzodxon Sharofaddinov hamda uning bilim va tajriba ulashishga tayyor jamoa a’zolari ishtirokida Frontend bo’yicha tashkillashtirilmoqda. 📆 Uchrashuv 4-fevral — shanba kuni, soat 09:00 da Co-Learning Center’da bo'lib o'tadi. Ushbu master-klassda Frontend dasturlash sohasiga qiziqishi bor yigit-qizlar va o'z kelajagini shu soha bilan bog'lamoqchi bo'lgan barcha insonlarni kutib qolamiz. 👉Master-klassga ro’yxatdan o’tish Master-klassda ishtirok etish uchun havola orqali ro'yxatdan o'tishni unutmang. Ha aytgancha, master-klass mutlaqo bepul! @colearninguz