TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #755

@colearninguz

Co-Learning Center

Views1,300帖子阅读量
发布2月12日2023/02/12 06:51
Post content

帖子内容

⚡️Oʻz kasbingizda PRO boʻlishni istaysizmi? Agar javobingiz “ha” boʻlsa, unda sizga bor-yoʻgʻi 3 ta narsa kerak. ➡️ Bilim. Siz oʻz sohangizda yaxshi bilimga ega ekanligingiz sizga turli muammolarga duch kelganingizda oson yechim beradi. Ishdagi muvaffaqiyat ham bilish darajasi bilan oʻlchanadi. ➡️ Koʻnikma. U mavjud bilimlaringizni amalda qoʻllay olish qobiliyatingiz boʻlib, mahoratingiz negizi hisoblanadi. Nazariy bilimlaringizni amalda qanchalik koʻp qoʻllasangiz, koʻnikmangiz shunchalik oʻsib boradi. ➡️ Tajriba. U yillar davomida hosil boʻluvchi, bilim va koʻnikmaning birligi sanaladi. Oʻz muammolarini hal qilishda tajribasi boʻlmagan inson, hech kimning muammosini yecha olmaydi. 🎯 Sohangizda ekspert boʻlish kaliti shulardan iborat. Siz ham oʻz sohangizda PRO boʻlishni istaysizmi? Qaysi sohada faoliyat yuritasiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. @colearninguz