帖子内容
🫥G‘oyaviy inqiroz qachon ro‘y beradi? 🔝 Avvalgi postimizda dizaynerlarni ilhomlantiruvchi TOP-5 ta veb-sayt haqida maʼlumot berib o‘tgan edik. Endi esa, dizaynerlarda qachon va nima uchun g‘oyaviy inqiroz yuzaga kelishi haqida suhbatlashamiz. Dizaynerlardagi g‘oyaviy inqiroz odatda, dizayner noodatiy va original dizayn yaratmoqchi bo‘lgan vaqtda ro‘y beradi. 💡 Bunday holatlarda eng to‘g‘ri yechim, bu to‘g‘ri ilhomlanishni o‘rganish. Siz biror original narsa yaratmoqchi bo‘lsangiz bu degani boshqa narsalardan, dizaynlardan ilhomlanmasligingiz kerak degani emas. Bunday vaqtlarda sayr qilish, biroz chalg‘ish va atrofga kengroq nazar solish kerak. Atrofda bizni ilhomlantiruvchi, kreativ g‘oya beruvchi holatlar juda ko‘p. 📝 Siz bunday holatlarda qanday usullardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring. @colearninguz