TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Co-Learning Center
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #85

@colearninguz

Co-Learning Center

Views1,660帖子阅读量
发布1月3日2021/01/03 18:35
Post content

帖子内容

​🎉Co-Learning Center 1 yoshda! Biz bilan bir yilda nimalar sodir boʻldi? 📅 Bugun 3-yanvar kuni Co-Learning Center oʻz faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 1 yil boʻldi! Oʻtgan davr mobaynida jamoamiz koʻplab qiyinchiliklarni bosib oʻtdi. Shunga qaramay biz ishonch va matonat bilan olgʻa qadam bosdik. Nafaqat qiyinchiliklar, balki koʻplab qiziqarli loyihalar ustida ham qizgʻin ishlar olib bordik. Kelinglar bir boshidan boshlaymiz. ✅ Co-Learning Center darslarini professional metodistlar bilan birgalikda interaktiv rejalarini ishlab chiqish jarayonida toʻsatdan pandemiya boshlandi va barcha oflayn rejalarni buzilishiga olib keldi. Lekin biz toʻxtab qolmadik, barcha ishlarimizni onlaynga koʻchirdik va jamoamiz masofadan turib ham koʻplab loyihalarni oʻz vaqtida topshirdi. Masalan, faxriylar.uz, matn.uz loyihalarining taqdim etilishi ham karantin vaqtiga toʻgʻri kelgan. Shu jumladan taʼlim yoʻnalishidan ham toʻxtab qolmaslik uchun tezkorlik bilan Co-Learning Academy YouTube kanalini yoʻlga qoʻydik. Kanalimiz tez fursatlarda oʻz auditoriyasiga ega boʻldi va 10 000 dan ortiq koʻrishlar oldi. Shuningdek, Allplay, BeelineTv kabi yirik media platformalar bilan shartnoma qilib ularda bizning darslar joylashtirildi 📌 Va nihoyat uzoq muddatli onlayn faoliyatdan soʻng, karantin choralari yengillashtirildi. Biz esa oʻzimizning sevimli markazimizga qaytdik. Hech qanday moddiy manfaatni koʻzlamagan holda IT sohasida bazaviy kurslarni yoʻlga qoʻyganligimiz haqida xabar berdik. INHA universiteti bilan hamkorlikda ochilgan ushbu kurslar 8 nafar tajribali soha mutaxassislari tomonidan intensiv tarzda olib borildi. Darslar ham shunchaki olib borilgani yoʻq, keling ular haqida ham qisqacha gaplashamiz. 🎛 Dars sifati muntazam oʻtkazilgan soʻrovnomalar orqali nazorat qilindi. Oraliq va yakuniy imtihonlar ham sifatni oshirish uchun bizga hisobotlarni topshirib turdi. Bu universitet yoki sizga oddiy oʻquv markaz darsi emas, darslarimiz faqatgina zerikarli leksiyalardan iborat boʻlmasligi uchun, interaktiv oʻyinlar va kichik musobaqalar ham boʻldi. Hey, naushnik yutib olgan dizaynerlar! Esingizdami? 👷‍♂️ Dasturchilarimiz esa, kursni yarmidan boshlab real loyihalar ustida ishlashni boshlashdi. Ularning ishlarini koʻrmoqchi boʻlsangiz, familyfriday.uzpepsiholidays.uz, wedigital.uz saytlarini koʻring ) 🧑‍💻 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilarga “Completed” sertifikati berildi. Koʻpchilik bitiruvchilarimiz, ayni damda turli yirik korxonalar, IT kompaniyalar va ayrimlari esa oʻz loyihalarini boshlashga ham ulgurdi. Masalan, dizayn va SMM guruhidan Asaka Bank uchun bitiruvchilarimiz tanlab olindi. Uzcard kompaniyasi uchun ham dasturchilar va MyTaxi kompaniyasi uchun ham bitiruvchilarimiz oʻz karyerasini boshlash uchun yoʻl olishdi. Bepulga 4 oy oʻqib, shunday natija! Eshityapsanmi Karl? 👨‍🏫 Yaqin orada namoyish qilgan imkon.uz va Mangu Sarkarda loyihalarimizni taqdim qilishda ham kichik “task”larda yelkama-yelkama ishlagan bitiruvchilarimiz allaqachon Project Managers kompaniyasining ishonchli amaliyotchilariga aylandi. 📈 Hozirda Co-Learning Center 40dan ortiq bitiruvchilar hamda minglab kuzatuvchilarga, 30 dan oshiq professionallar, 40 dan ortiq amaliyotchilar jamoasi. 2021-yilga oldimizga koʻplab maqsadlarni qoʻydik va ushbu raqamlarni bir necha barobarga koʻpaytirishni reja qildik! 🏂 Biz bilan birgamisiz? @colearninguz