TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Literaman 📚 avatar

TGINSIGHT CHAT

Literaman 📚

@literaman

书籍

Таъсирчан ўйлар, Мактублар ва таржималар ...

Subscribers31频道当前订阅规模
Tracked posts316频道帖子计数
Recent reach1,371最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

第 1/27 页 · 共 316 条

发布 4月23日

“Monolog” - Jimjitlikdagi eng baland ovoz! 😀🔎 Siz ham o‘zbek adabiyotida yangilik qidiryapsizmi? Unda Sherzod Ortiqovning ushbu to‘plami sizni hayratda qoldirishi aniq. ​😀 Nima haqida? Jamiyatimizning ko‘zgusi. Har bir hikoyada o‘zingizni, qo‘shningizni…

45 views

发布 4月23日

“Monolog” - Jimjitlikdagi eng baland ovoz! 😀 🔎 Siz ham o‘zbek adabiyotida yangilik qidiryapsizmi? Unda Sherzod Ortiqovning ushbu to‘plami sizni hayratda qoldirishi aniq. ​😀 Nima haqida? Jamiyatimizning ko‘zgusi. Har bir hikoyada o‘zingizni, qo‘shningizni yoki bugungi kunning achchiq haqiqatlarini ko‘rasiz. ​😀 Sifati qanday? Bu shunchaki hikoyalar emas, bu jahon adabiyoti standartlaridagi yuksak proza. O‘qish jarayonida haqiqiy estetik zavq olasiz. Eski qoliplardan charchagan va yangicha nigohni istaydigan kitobxonlar uchun eng yaxshi tanlov! ✨ Muqova: Qattiq Sahifalar soni: 300 bet Narxi: 59.000 so’m Buyurtma uchun ⤵️ @ibook_uzbekistan +998956779911 @ibook_uz

36 views

发布 4月4日

Bugun Caravan Group laboratoriyasida — Boku paxlavasi 🍯✨ Bizning laboratoriyamizda biz shunchaki pishirmaymiz — har bir taomning tarixi va falsafasini ochib beramiz, uning kelib chiqishi, ingredientlari va tayyorlash sirlarini hikoya qilamiz. Paxlava — bu san’at: yupqa qatlamli xamir, boy ta’m va o‘zimizning asalxonamizdan olingan tabiiy tog‘ asali. An’analarni o‘rganamiz, asraymiz va ularni ta’m orqali yetkazamiz.

40 views

发布 2月17日

* * * Ижара уй Дераза ойнаси синиқ Ташқарида эзма куй Ёмғир! Хона ичидаги тутун Ойна синиғидан ташқарилар Босим, Саросима! Шифтда, фикр учиб юрар Сиртмоқ солиб қандилга Сўзлар тизилар, вергул, нуқта, Худди тамаки чўккандек кулдонга Бу сукунат маросим Йиғисиз, кулгусиз Ва баъзида ўпка хавоси Таслим бўлар унсиз Хўрсиниш йўқ Ўкириш йўқ Ўтиниш йўқ Уқтириш йўқ Жим-житлик, т-ссс! Юрак буюрар Чиз-чиз-чиз! Эзма куй кирар энди Лашкар тортиб бе аёв Ойна синиғидан ичкари Ва яна тумов Тишлар, мустаҳкам қалъа Лаблар, баҳодир соқчи Аммо тинимсиз бир истак Қотилни ҳур этмоқчи Тил, яжуж-мажуж Сабр Зулқарнайн Эҳтиёж, куч Эҳтиёж, Лайн Кўз, мўлтирар Қоронғу хона узра Пайдо бўлишини кутар Шифтидаги юлдузлар... Ижара уй, Хона эшиги бепушт Ташқарида эзма куй Туш. © Эфир

86 views

发布 12月12日

Таъсирчан ўйлар Ҳавотирнинг умри қисқа бўлади Шубҳанинг эса жони қаттиқ! T.me/literaman

132 views

发布 10月31日

ODAMLAR ICHIDAN ODAM IZLADIM Uni sizladim men, Buni sizladim – Odamlar ichidan odam izladim... Shaytonlarga uchrab, kuydim, muzladim... Odamlar ichidan odam izladim... Bir dardkash qidirdim, Bir doʻst axtardim... Loqaydlar beparvo tingladi dardim... Uchratib qolarman deya bir mardin, Odamlar ichidan odam izladim... Qashqirlar qutirdi, Koʻppaklar hurdi... Chayonlar chaqay deb izimdan yurdi... Oʻrgimchak inini koʻzimga qurdi... Odamlar ichidan odam izladim... Menga odam kerak! Haqiqiy odam! Topsam, yuragimdan quvilar motam... Oyoqyalang qoʻyib choʻgʻlarga qadam, Odamlar ichidan odam izladim... Mayus sheʼrlarimni tinglaydi kim deb, Tinglab, yurak-bagʻrin tigʻlaydi kim deb, Bahodir Isoni anglaydi kim deb, Odamlar ichidan odam izladim... © Bahodir Iso

170 views

发布 10月21日

Kursdoshlarimga Birinchi kitobimizdan ulashdik

141 views

发布 10月21日

140 views

发布 10月21日

#Davlat_tili_kuni #Ona_tilim “Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san!” ✔️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yil to‘lganligi munosabati bilan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida yuksak ruhda o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tilimizning go‘zalligi va qudratini yana bir bor yodga soldi. ✨ Tadbir davomida talabalar ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va faxr tuyg‘ularini o‘z chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari orqali ifoda etdilar. Har bir so‘z, har bir satr yurakdan yangradi. 💫 Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tilining boy tarixini, so‘zlarimizdagi joziba va ma’nolarni qadrlash, uni asrab-avaylash barchamizning burchimiz ekanini ta’kidlashdi. TIPU axborot xizmati

125 views

发布 4月11日

#birinchi_kitobim Men o‘zim ko‘rgan kitoblar tarixida bir oiladagi ikki ijodkor – turmush qurgan yoshlar kitobi chop etilishini deyarli kuzatmagan edim. Bu ham juda o‘ziga xos bo‘lar ekan. Vaqt kelib, farzandlar ham “ota-onalarimizning ilk kitobi” deb qo‘lga oladi. To‘plamdagi ikki ijodkorning har bir asari ifoda uslubida ham, fikrlashida ham o‘ziga xoslikka intilishlari sezilib turadiki, bu fazilat yosh adiblardan kelgusida bundan ham puxta, badiiy, g‘oyaviy yuksak asarlar yaratib, milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘sha olishlariga umid uyg‘otadi. Orziqul ERGASH, yozuvchi 📱Telegram📱Instagram 📱Veb-sayt📱Facebook

176 views

发布 2月3日

#𝑻𝒂𝒏𝒍𝒐𝒗_𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏#𝑺𝒉𝒆𝒓_𝒗𝒂_𝒕𝒂𝒔𝒗𝒊𝒓 #12_иштирокчи #Фарҳод_Эшон * * * Эриб битаётган шамдек умидвор, -Қол, деб садо берган абадий видо. Эриб битаётган шамдек хокисор, Қисматида собит, қисматига жо. Ортингдан кўз тикар тўрттала томон, Истаб-истамасанг ўтаверар вақт. Келишинг омонат, кетишинг армон, Борлигинг, борлигинг, борлигинг - Жаннат. Дилора https://t.me/Aytolmagan_dilim

161 views

发布 2月3日

#TANLOVDAN_TASHQARIDA "Ilhomning dunyoga kelishi" essesi Muallif: Mastura Abduraim qizi. Taqriz muallifi: Osvald. Ijodkor do'stlardan sovg'a, to'g'rirog'i qo'llab-quvvatlash maqsadida tanlovdan tashqari materiallar kelib boshladi. Juda xursandman. Do'stlar bor bo'lsin! (Nazarimda, Osvaldimizni ijodkor do'stlar allaqachon tanib olishdi.Tashakkur, "kamgap" do'stim Osvald!)😊 @Adabiyot_falsafasi

119 views
123•••10•••20•••2627
上一页第 1/27 页下一页