TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Magistr Science🎓
Magistr Science🎓 avatar

TGINSIGHT POST

Post #1352

@magistrscience

Magistr Science🎓

Views2,710帖子阅读量
发布5月23日2026/05/23 15:02
Post content

帖子内容

❗️Direktor jamg'armasi ustamasi baholash mezonlari Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz; 71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz; 76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz; 81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz; 86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz; 91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz; 96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz. ☝️ Umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. * oʻqituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan boʻyicha alohida baholanadi; ** faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi; MMTV tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan fan olimpiadalari va boshqa koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlar inobatga olinadi; *** faqat boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻqituvchilari faoliyatini baholashda qoʻllaniladi; umumtaʼlim muassasasi miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻtkazilishi hamda oʻzining tasdiqlangan Nizomi va oʻtkazish tartibiga ega boʻlishi talab etiladi; **** oliy taʼlim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha maksimal ball beriladi. ***** oʻqituvchi tadbir oʻtkazishdan oldin tadbirning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, tadbir oʻtkazilgandan soʻng tadbirdan olingan rasmlarni ilova qilgan holda maʼlumotnoma tayyorlab tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi; oʻqituvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishdan oldin loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlarning mazmun mohiyatini va oʻtkazish tartibini bayon qilgan holda taʼlim muassasasi direktorini yozma ravishda ogohlantirishi, qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun mashgʻulot rejasini va mashgʻulot oʻtish jadvalini tuzishi va tegishliligi boʻyicha direktor oʻrinbosariga tasdiqlatishi talab etiladi. ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group