帖子内容
Yoshingiz o‘tgan sari bir narsani tushunib yetasiz: Otangiz shunchaki “dada” emas edi — u ham bir odam edi. Qo‘lidan kelganini qiladigan, hayot unga nima o‘rgatgan bo‘lsa, shuni qilgan edi ahr u ham bu hayotda birinchi marta yashayotgan edi ya’ni hech qanday tayyorlovsiz. Ehtimol, sizga eng yaxshi, oxirgi madeldagi telefonni olib bermagandir. Balki xohlagan narsalaringizni har doim bera olmagandir. Lekin hech uyquga och qolib yotganmisiz? Qo’rquvda chi? Yoki o’zingizni yolg‘iz, mehrsiz his qilganmisiz? Manimcha yo’q Mana shu — uning sevgisi edi. Doim gap bilan emas. Doim sovg‘alar bilan emas. Lekin har doim yoningizda edi. Sokin, ammo kuchli edi. Allohning izni bilan ba’zilarimiz otamiz bilan ko‘p vaqt birga bo‘lolmaymiz. Yoki bu narsalarni tushunib yetganimizda, kech bo‘lib qoladi... Nimaga erishmang — katta pul, katta martaba, sanoqsiz mashinalar — u bo‘shliqni to‘ldira olmaydi. Ammo qolgan narsa — bu shunchaki xotira emas. Minnatdorchilik. Tushunish. Ketmaydigan mehr. Tugamas Sog’inch. Agar otangiz hozir siz bilan bo‘lsa qadrlang. Qo‘ng‘iroq qiling. Yonida o‘tiring. Hayoti haqida biror narsa so‘rang. Eng asosiysi “Rahmat hammasi uchun” deng hatto kulib qo‘ygan bo‘lsa ham - Bir kun kelib, bu gaplarni qalbingizda iliqlik bilan eslaysiz.