帖子内容
Ba’zan odamzotni tushunish qiyin😁 Bugun bir post ko‘rdim: ‘’Buket 💐Sotiladi: Narxi 125 ming, Holati yangidek 6 soat oldin sovg’aga kelgan 😀 adress: Yakkasaroy: Va tel nomer ham bor” Ayrim qizlar hatto yigitlari bergan gullarni ham arzon sotishyapti ekan. Shu satr judda kulgili va achinarli🥲 Chunki bizga ko‘rinmaydi yigit o‘sha gullarni olish uchun nimalarni qiladi. Ehtimol u kunlab pul yig‘gandir. Ehtimol do‘konma-do‘kon yurib, “eng yaxshisini” izlagandir. Ehtimol u o‘sha gulni berayotganda qo‘rqib, xursand bo‘lib, yoki hayojonda ehhh. O‘sha gullarda uning mehnati, halolligi, yuragi bo‘ladi. Lekin baribir… ayrimlar uchun bu hech narsaga arzimaydi. Qizig’i rasmga tushib keyin sotisharkan😁 Qanchalik achinarli( “Bazilar (Not Humans) faqat sizdan xafa bo‘lishadi, siz bilan esa ishlari yo‘q. Ko‘nglingizga tupurib qo‘yishgan, lekin sizdan xafa bo‘lishadi. Chunki ularniki ko‘ngl, siz esa loydan yasab olgansiz…” Davom etamiz…..