帖子内容
Musofirning ko'ngli Musofir — tanasi boshqa yurtlarda, lekin yuragi o'z uyida qolgan insondir. Ularning ko'zida ikki xil nur bo'ladi: biri — ertangi kun umidi, biri — orqada qolganlar sog'inchi. Tongda uygonib, begona shaharlarning shovginiga quloq tutsa ham, qulog'ida baribir o'z uyining tovushi jaranglaydi. Ota-onaning duosi, bolalik ko'chalarining nafasi, o'sha oddiy, ammo eng aziz bo’lgan "uy hidlari"... Musofirning qadamida kuch bor, chunki har bir qadam — orzu uchun. Ammo uning yuragida nozik bir og‘riq ham bor, chunki har bir qadam — uzoqlashish demak. Musofir — bir vaqtning o'zida ham kuchli, ham siniq. Ham mustahkam, ham sezgir. Chunki u har kuni o'zini ovutadi: "Bir kun qaytaman..." deb. Va bilasizmi? Musofirning eng katta baxti — qaytganda quchog ila yugurib keladigan insoni bolishidir. Eng katta firogi esa — hech kim "kutma"gan uyga qaytishidir Musofirlar — yuqtirmagan sevinchini yashiradı, aytolmagan sog’inchini esa yurakda olib yuradi Ammo baribir ular dunyoni oldinga siljitadi. mehnati bilan, sabri bilan, ko'zidagi o'sha soginch bilan.