TGINSIGHT CHAT
SALOMATLIK INSTITUTI
@sttmuz
健康与健身Salomatlik va strategik rivojlanish institutining rasmiy telegram kanali === ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 [email protected] 🔗https://sttm.uz
最近帖子
第 1/81 页 · 共 968 条
发布 6月19日
➕Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazida “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida uchrashuv oʻtkazildi❗️ 🗓 Joriy yilning 18-iyun kuni Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazida Prezident Administratsiyasi qoshidagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida uchrashuv tashkil etildi. ⌛ Uchrashuvda sogʻliqni saqlash tizimida byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, fuqarolar uchun xizmatlardan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha maʻmuriy tartib-taomillarni qisqartirish hamda raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 📊Tadbir davomida markaz faoliyati doirasidagi mavjud jarayonlar tahlil qilinib, xizmatlar koʻrsatishda ortiqcha vaqt va resurs talab qilayotgan amaliyotlarni optimallashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda aholiga qulay va tezkor xizmat koʻrsatish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. ➡️Shuningdek, uchrashuv davomida “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʻminlash, byurokratiyasiz2030.uz platformasi hamda “Zero Bureaucracy Radar” tizimining imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, sogʻliqni saqlash sohasida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish va byurokratik toʻsiqlarni kamaytirishga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi. 🚑 Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月16日
➕Yoshlar nima uchun spirtli ichimliklarni isteʼmol qiladi❗️ 🏀Yoshlar koʻpincha qiziqish, yangi hissiyotlarni izlash, doʻstlar taʼsiri, oila muhiti, stress, muammolarni unutish, salbiy ijtimoiy muhitga tushib qolish yoki xarid qilish imkoniyati oson boʻlganligi uchun spirtli ichimliklarga murojaat qilishadi. ⚠️Salbiy oqibatlari: Ruhiyatning oʻzgarishi: depressiya, tajovuzkorlik, oʻziga zarar yetkazish, oʻzini oʻldirish fikri Xulq-atvor oʻzgarishi: xavfli hatti-harakatlar, oʻrtoqlariga nisbatan shafqatsiz boʻlish, qaramlik. 🎓Taʼlim va ijtimoiy hayotga salbiy taʼsiri: darslarni qoʻyib yuborish, darsda diqqat-eʼtiborni pasayishi, oʻzlashtirish qobiliyatining pasayishi, odatdagi faoliyatidan yoki ishlaridan voz kechish. 📉Sogʻliqqa zarar: miya, yurak-tomir tizimiga, oshqozon-ichak yoʻllariga, jigar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, rak kasalliklarini rivojlanish ehtimolini oshiradi. ✔️ Oldini olish: oilada ishonchli munosabatda boʻlish va ota-onalar oʻzlari namuna boʻlishlari, boʻsh vaqtni turli faol mashgʻulotlar bilan band etish, oilaviy va doʻstona qoʻllab-quvvatlash, atrofidagi muhitni nazorat qilish va qoʻllab-quvvatlaydigan yaxshi muhit yaratish, spirtli ichimliklarning zarari toʻgʻrisida xabardor qilish. 🚑 Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月16日
➕ Alkogol va qandli diabet❗️ Alkogol oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqaradigan hujayralariga zaharli ta’sir ko‘rsatib, ularning faoliyatini susaytiradi va qandli diabet rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Alkogol me’yordagi moddalar almashinuviga aralashib, qondagi qand miqdorining keskin o‘zgarib turishiga — ham ko‘payishiga (giperglikemiya), ham keskin kamayishiga (gipoglikemiya) sabab bo‘ladi. Jigar glyukoza miqdorini boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Alkogol jigar hujayralarining glyukozani sintez qilish qobiliyatini pasaytiradi, bu esa qonda qand miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Alkogol tarkibida uglevodlar mavjud bo‘lib, ular ishtahani kuchaytiradi. Bu esa ortiqcha ovqatlanish va semirishga sabab bo‘ladi, semizlik esa qandli diabetning xavf omili hisoblanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda alkogol kasallikning kechishini yanada og‘irlashtiradi, diabetik angiopatiyalar (qon tomirlarining shikastlanishi) kabi og‘ir asoratlar rivojlanish xavfini oshiradi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda alkogol dorilar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, ularning ta’sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Neyropatiya (nervlarning shikastlanishi), pankreatit, yurak-qon tomir kasalliklari kabi asoratlarning rivojlanish xavfini keskin oshiradi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar alkogolli ichimliklardan butunlay voz kechishlari kerak. ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月16日
➕ Alkogol va oshqozon osti bezi❗️ Alkogol va uning parchalanish mahsulotlari oshqozon osti bezi shirasining normal ishlab chiqarilishini buzib, bez yo‘llarining keskin qisqarishiga olib keladi. Keskin qisqarish tufayli fermentlar oshqozon osti bezi yo‘llarida to‘planib, bez to‘qimasini ichkaridan yemira boshlaydi. Oshqozon osti bezi shirasida oqsilning ortiqcha bo‘lishi tiqinlar paydo bo‘lishiga va ulardan kaltsiy tuzidan iborat toshlar (kaltsinatlar) hosil bo‘lishiga olib keladi. Asoratlar: Pankreatit – oshqozon osti bezining yallig‘lanishi; ko‘pincha shish, kuchli og‘riq, qusish va boshqa alomatlarga olib keladi. Pankreonekroz – oshqozon osti bezi to‘qimalarining nobud bo‘lishi bilan kechadi. Psevdokistalar – mikroblar bilan yallig‘lanishi va infeksiyalanishi mumkin bo‘lgan, suyuqlik va nekrozlangan (o‘lgan) hujayralar bilan to‘ldirilgan bo‘shliqlar. Qandli diabet – insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar va to‘qimalarning shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Oshqozon osti bezi saratoni – bez hujayralarining nazoratsiz o‘sishi va ko‘payishi natijasida yuzaga keladigan saraton turi. Tavsiyalar: Alkogol iste’molidan butunlay voz kechish – pankreatitda va asoratlarning oldini olish uchun majburiy shart. Alkogolning ozgina miqdori ham kasallikning kuchayishiga yoki og‘ir asoratlariga sabab bo‘lishi mumkin. ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月16日
➕ Alkogolning yurakka ta’siri❗️ Alkogol qonning hujayralar va to‘qimalarga kislorod yetkazib berish qobiliyatini pasaytiradi, natijada ular kislorod bilan to‘yinmaydi. Alkogol tomirlar tonusining (tarangligi) o‘zgarishiga olib keladi: dastlab tomirlar vaqtincha kengayadi, keyin esa keskin torayadi, buning oqibatida qon bosimi ko‘tariladi va yurak urishi tezlashadi. Alkogol yurak ritmi buzilishlarini, jumladan, yurak bo‘lmachalarining titrashi va o‘limga olib keluvchi xavfli aritmiyalarni qo‘zg‘atadi. Alkogol yurak mushak hujayralarini shikastlaydi, ularning yog‘li distrofiyasiga va yurak o‘lchamlarining kattalashishiga sabab bo‘ladi. Alkogol yashirin yurak-tomir kasalliklarini ham kuchaytirishi mumkin. Alkogol infarkt va insult rivojlanish xavfini keskin oshiradi. Og‘ir holatlarda alkogol yurakning to‘satdan to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Alkogolning har qanday miqdori yurak uchun zararli, uning xavfsiz darajasi mavjud emas. ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月15日
➕ Dinga zid radikal gʻoyalar nafaqat jamiyat, balki sogʻligʻingiz uchun ham xavflidir❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月8日
➕Alkogolning sogʻliqqa taʼsiri — bilib qoʻying❗️ Koʻpchilik alkogolni zararli deb hisoblaydi. Ammo uning organizmga qanchalik jiddiy va qaytarilmas zarar yetkazishini hamma ham bilavermaydi. 😀 Infografikadagi maʼlumotlar sodda, aniq va hammaga tushunarli qilib tayyorlangan bo‘lib, sog‘liqni saqlash bo‘yicha muhim bilimlarni beradi. 👨👩👧👦 Ushbu materialdan har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar va oilalar profilaktika maqsadida foydalanishi mumkin. 📌 Ushbu infografika orqali siz quyidagilar haqida bilib olasiz: 🔴Alkogol isteʼmol qilishning xavfsiz turi ham, xavfsiz miqdori ham yoʻq 🔴 Alkogol va saraton: 5 ta ilmiy asoslangan dalil 🔴 Alkogolning umumiy salomatlikka taʼsiri 🔴 Alkogol haqidagi eng keng tarqalgan afsonalar va ularning haqiqatlari 🔴 Alkogol isteʼmolidan voz kechishning 8 ta muhim sababi 🔴 Alkogol va uning surrogatlaridan oʻtkir zaharlanish hamda birinchi yordam ⚠️ Alkogol surrogatlaridan ehtiyot boʻling! 😔Bugun fuqarolarimiz aynan soxta va sifatsiz alkogol sabab hayotdan ko‘z yummoqda. 🟢 Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang — sogʻlom hayotni tanlang! ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月8日
➕ Nega yosh kuyovlarda jinsiy zaiflik koʻpaymoqda❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月3日
➕Farmakonazorat qanday vazifalarni bajaradi❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月3日
➕Dori vositalarini xavfsiz qoʻllashda nimalarga eʼtibor berish kerak❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月3日
➕Hozirgi kunda dori vositalarining turlari kundan-kunga ortib, tanlash imkoniyatimiz kengayib bormoqda❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
发布 6月3日
➕Dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish juda xavfli ❗️ ©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok