TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CYB32
CYB32 avatar

TGINSIGHT POST

Post #358

@CYB32

CYB32

Imibukiso2,250Inani lemibukiso
IshicilelweDis 312023-12-31 16:41
Okuqukethwe

Okuqukethwe kwesithuba

Assalomu alaykum qadrli kanal obunachilari. Kirib kelayotgan yangi yil barchangizga muborak bo'lsin. Bilaman eski yil kimlardadir xuyoviy o'tgan bo'lishi mumkin, yoki boshqa bir uchun muhim yildek. Asosiy bu emas albatta, muhimi yangi yilda yanada ko'prog'iga harakat qilish va erishishingiz muhim xolos. O'qing, o'rganing va yengilmang. Vaqt izmi bu juda yomon narsa, hali bundan avvalgi yilni nishonlaganimizga hech qancha bo'lmay turib yangi yil kutib olyapmiz. Demakki kutib yashasak faqatgina kechikamiz. Kanal obunachilari orasida qoni qaynoq yigit-qizlar ko'p, har doim bo'lmag'ur narsalar yozsamam foydali ma'lumoti orasida chiqib qolar deb kutadiganlar bor. Bugungi kun ham bunday xoli emas albatta. Demak sizlar uchun kichik bayram sovg'asi. O'zbek open source hamjamiyati uchun o'rganish va foydalanish uchun yana bir loyiha. Bu loyiha kodlari orqali telegram botlar ishlashi haqida yanada ko'proq tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin. Agarda dasturlashdan xabaringiz bo'lmasa buyam zararga emas, chunki bu sinovdan o'tkazilgan loyiha bo'lib sizning kelajakdagi turli xildagi g'oyalaringiz uchunam ish beradi. Sizdan esa biror dasturchi topib undan ishga tushirib berishni so'rashning o'zi kifoya. Sovg'ani qabul qivolish uchun quyidagi havolaga kiring 👉https://github.com/yetimdasturchi/vote-bot @yetimdasturchi