TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CYB32
CYB32 avatar

TGINSIGHT POST

Post #383

@CYB32

CYB32

Imibukiso617Inani lemibukiso
IshicilelweNov 12024-11-01 11:37
Okuqukethwe

Okuqukethwe kwesithuba

29-oktyabr kuni AQShning "Reddit" ijtimoiy tarmog‘i 20 yil ichida ilk marotaba foyda ko‘rganini e’lon qildi. Kompaniya 3-chorak yakuni bo'yicha $29,9 mln foyda va $384,4 mln daromad ko‘rganini e'lon qilgan. Bu 2023-yilga qaraganda 68 foizga ko‘p. Reddit'ga ushbu foydaning kelishiga sabab ijtimoiy tarmoq auditoriyasining keskin oshgani bo‘lgan. Kompaniyaning obunachilari soni 47 foizga oshib, bir necha kun ichida qariyb 100 mlnga yaqinlashgan. Kompaniya platformasi birjaga chiqqanida birinchi chorakning o‘zidayoq $575 mln yo'qotgandi. Hozirda Reddit’ning reklama daromadi $315,1 mlnga yetgan, qolgan daromadlari esa $33,2 mlnni tashkil etmoqda. Reddit bosh direktori Stiv Xaffman aksiyadorlarga yo‘llagan maktubida foydalanuvchilar sonining o‘sishini sun’iy intellektga asoslangan funksiyaga o‘tilgani orqali sodir bo'lganini izohlagan. Obuna bo'ling:@tangauzb