TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← CYB32
CYB32 avatar

TGINSIGHT POST

Post #387

@CYB32

CYB32

Imibukiso710Inani lemibukiso
IshicilelweNov 182024-11-18 15:03
Okuqukethwe

Okuqukethwe kwesithuba

Markaziy Osiyoda uyushtirilgan ⚙️PGConf.UZ 2024 yakunlandi. U yerda ko'tarilgan mavzular hozirgi kunda tizimlarni ishlab chiqishda va ularning to'xtovsiz ishlashini ta'minlashda qo'llaniladigan texnika va strategiyalar bo'yicha tushuntirishlar berishdi. Oleg Bartunov (PostgresPro asoschisi va generalniy direktori) va boshqa mutaxassislar bilan tanishib, qiziqarli savollarga javob oldik. Bugun PGConf.uz da qatnashuvchilarga tarqatilgan PostgreSQL. Birinchi tanishuv kitobini PDF talqinini bu yerdan ko'chirib olish mumkin. Men faoliyat yuritadigan UZINFOCOM kompaniyasi PGConf hamkorlaridan biri bo'lgani uchun kanal obunachilari orasida backend, DBA bilan shug'ullanadiganlar bilan baham ko'rish uchun 10 dona yuqoridagi kitobning qog'ozli nusxasini taqdim etdi. Agar sizga ham kerak bo'lsa izohlarda yozib qoldiring, olgan bilimingiz uchun ularga rahmat aytib qo'yarsiz. Upd: Izohlarda + qoldirganlar, sizga ajratilgan kitoblarni Toshkent shahrida Mirzo Ulug'bek tumani IT Parkdan olsangiz bo'ladi, yo'lingiz tushganda yoki kelganingizda izohda yozib qoldirsangiz, olib chiqib beraman 😊 Farg'ona vodiysidan bo'lsangiz har hafta vodiy airline ishlab turibdi, o'tganimda sizga eng yaqin manzil mashinasidan jo'natishim mumkin. @vodiylik aka 🧑‍💻