Okuqukethwe kwesithuba
ChatGPT yangi 4o image generation bilan bozordagi mavjud barcha raqobatchilaridan o’tib ketdi. Shubhasiz. Yaqinda bir loyiham uchun reklama banneri tayyorlatishimga to’g’ri keldi (instagramga qo’yish uchun). Tanish dizaynerga aloqaga chiqdim. Har bir banner 10$ dan ekan. 2 ta banner qildirdim. Jami 20$. Bugun xuddi shunga o’xshash ishni hech qanday qiyinchiliklarsiz, o’zim qildim. Xuddi professional dizayner qilgandek. Muhimi g’oyani aniq va tushunarli yetkazib bersam bo’ldi. Dizaynerga ham g’oyani tushuntirardim va bu ko’proq vaqt olardi. Hozir esa soniyalarda va arzon narxda yaxshi natijaga erishyapman. To’g’ri professional dizayner sizga yaxshiroq yechimlar taklif qilishi, yechimlar berishi mumkin lekin bu sizga qimmatga tushadi. @kamrondev