TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ALP
ALP avatar

TGINSIGHT POST

Post #192

@alp_publishing

ALP

Imibukiso339Inani lemibukiso
IshicilelweMey 142026-05-14 13:06
Okuqukethwe

Okuqukethwe kwesithuba

ALP nashriyoti Bolajondan Bolajonga rukni ostida taqdim etadi: MALIKJON SHERMATOV O'RMONDAGI PORTAL Asar 8 yoshdan yuqori barcha o'quvchilarga mo'ljallangan. Bolangizni kitobga qiziqtirish va xuddi shunday ertaklar yozishga undash yo'lida tengdoshi tomonidan yozilgan kitob ayni muddaodir. Malikjon Shermatov Toshkent shahrida tug‘ilgan, lekin qalban New Castle (Yangiqo‘rg‘on)lik. Boshlang‘ich ta’limni Toshkent shahridagi 225-maktabda olgan. 5-sinfdan boshlab Rahimov School’da tahsil olib kelmoqda. U bugungi kunga qadar 250 dan ortiq kitob o‘qigan, o‘nlab she’r va hikoya yozgan. Malikjon o‘rtoqlari bilan o‘ynashni, suhbatlashishni juda yaxshi ko‘radi, ayniqsa, sayohatlar jon-u dili. U o‘zining “O‘rmondagi portal” ertagi orqali siz aziz bolajonlarni ham g‘aroyib sayohatga taklif qiladi. Malikjonning opasi Mo‘tabarxon Shermatova chizgan rasmlar esa sirli olam tasvirlarini jonli tasavvur qilishingizga yordam beradi. Safaringiz maroqli o‘tsin.