TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Buyela ohlwini lweziteshi
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 avatar

TGINSIGHT CHAT

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

@dkattakhanova

Politics

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring

Ababhalisile3,330Ababhalisile manje
Izithuba ezilandelwayo1,010Inani lezithuba ezilandelwayo
Ukufinyelela kwangehla15,252Isamba semibukiso yakamuva
Izithuba zakamuva

Izithuba zakamuva

Ikhasi 1 ku-85 · 1,010 izithuba

Ishicilelwe Eph 17

🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasi doirasida Yosh parlament aʼzolari forumida ishtirok etdik. Bugun yosh qonun chiqaruvchilar adolatli, xavfsiz va barqaror dunyo barpo etishda muhim kuchga aylanmoqda. O‘zbekistonda ham yoshlarni parlament va davlat boshqaruviga jalb etish, qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Anjumanda yosh parlament aʼzolarining tinchlikni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni taʼminlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarni 2026 yil 4–6 sentyabr kunlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yosh parlament aʼzolarining global konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdik. #parlament#senat#hamkorlik @tanzilanarbaeva

312 views

Ishicilelwe Eph 16

486 views

Ishicilelwe Eph 13

Bugun Bo‘stonliq “Yoshlar oromgohi”da milliy ruh va yoshlik energiyasini his qildim. Bir vaqtning o‘zida ham “Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar” festivalining, ham Sardorlar saylovi respublika bosqichining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, sizlarning ko‘zingizdagi olovga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Saralanib kelgan 126 nafar eng kuchli sardorimiz bilan suhbatlashar ekanman, ular nafaqat zamonaviy bilimga ega ekanliklari, balki milliy qadriyatlarimizni ham qalbida ardoqlashlarini ko‘rib, juda quvondim. Zotan, o‘zligini anglagan, ajdodlar merosini qadrlagan yoshlargina haqiqiy yetakchi bo‘la oladilar. Aziz sardorlar! Ushbu festival va saylov kunlari siz uchun nafaqat bilim, balki umrbodga tatiydigan do‘stlik va unutilmas xotiralar maskani bo‘lib qolishiga ishonaman. Har biringizga omad tilayman. Harakatdan to‘xtamang, biz sizga ishonamiz! Telegram| Facebook| Instagram

883 views

Ishicilelwe Eph 13

🇺🇿Respublika Sardorlar saylovi boshlandi 📍Bugun go‘zal Bo‘stonliq bag‘ridagi Yoshlar oromgohida hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lib, o‘zining eng faol ekanini isbotlagan 126 nafar eng intiluvchan sardorlarimiz Respublika bosqichi uchun jam bo‘lishdi. ✨Men sizlarning ko‘zingizdagi olovni, yangi g‘oyalarga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘rib, yurtimiz kelajagi haqiqiy fidoyi yoshlar qo‘lida ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Bu shunchaki bir tanlov emas — bu siz uchun haqiqiy yetakchilik maktabi, kelajakdagi ulkan loyihalar uchun poydevor va qadrdon do‘stlar orttirish imkoniyatidir. ⚡️Sizlar nafaqat o‘z hududingiz, balki butun O‘zbekiston bolalari va yoshlarining ovozisiz. Har biringizning ortingizda minglab tengdoshlaringizning ishonchi bor. 👏Shuni unutmangki, bu yerga yetib keldingizmi — demak, siz allaqachon g‘olibsiz Barchangizga omad yor bo‘lsin! Telegram| Facebook| Instagram

1,000 views

Ishicilelwe Eph 11

Yangi Quva mahallasida yaxshi odamlar bilan yangi bir kun

563 views

Ishicilelwe Eph 10

O‘zbekistonda «Inson» ijtimoiy volontyorlik tizimi shakllanmoqda. Bo‘stonliq tumanida “Inson” volontyorlar uchun o‘quv jarayonlari tashkil etildi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatadi. Bugungi kunda bu tashabbus shunchaki loyiha emas, balki tizimli ishning bir qismiga aylandi: pilot bosqichda loyiha respublikaning 28 ta hududida (tumanida) sinovdan o‘tkazildi. Uning doirasida 440 nafar volontyorlar tomonidan aholiga jami 2000 soatdan ortiq yordam ko‘rsatildi, bu esa ijtimoiy volontyorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va samaradorligini tasdiqladi. O‘quv jarayonlari 250 nafar volontyorni qamrab olib, amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bilan ishlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 💬 «Ishonchim komil, aynan shunday insonlar orqali jamiyatda yangi g‘amxo‘rlik madaniyati shakllanmoqda. Shu bois biz volontyorlar hamjamiyatini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi sifatida rivojlantirmoqdamiz», — deya ta’kidladi Shahnoza Mirziyoyeva, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari. “Inson” volontyorlari islohotlar va aholi hayoti o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylanmoqda. Bu ijtimoiy himoya tizimini har bir inson uchun yanada yaqinroq qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Telegram| Facebook| Instagram

816 views

Ishicilelwe Eph 7

🎓 “Qizlar akademiyasi” ilovasida yangi kurslar joylandi! Ayol-qizlar uchun bepul kurslardan iborat bo‘lgan maxsus platformamizda hozirda 20 dan ziyod yo‘nalishlarda sifatli kurslar joylangan. Kurslar ro‘yxati: 1. Oila psixologiyasi kursi 2. To‘quvchilik kursi 3. Jismoniy mashqlar kursi 4. Oila huquqi kursi 5. Illustratorda grafik dizayn kursi 6. Onlayn do‘kon yuritish kursi 7. Moliyaviy savodxonlik kursi 8. Atelye ochish kursi 9. Bolalar psixologiyasi kursi 10. Dekor kursi 11. Bortkuzatuvchilik 12. AQSh Universitetlariga hujjat topshirish 13. Raqs kursi 14. Pardachilik kursi 15. Zoomagazin ochish kursi 16. Fotografiya kursi 17. Qandolatchilik kursi 18. Xususiy bolalar bog‘chasini ochish kursi 19. Vizajistlik kursi 20. Manikyur kursi 21. Etiket kursi Barcha kurslarni o‘qib bepul bilim olishingiz mumkin! 📱Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab olish uchun: Google Play | App Store Telegram| Facebook| Instagram

3,380 views

Ishicilelwe Eph 2

🎶“Navro‘z sadolari” XII xalqaro musiqa festivali An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli madaniy loyiha yoshlar qalbida milliy musiqa va san’atga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, iste'dodli ijrochilarni qo'llab-quvvatlash hamda xalqaro madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Tadbir “Turkiston” san’at saroyida Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashabbusi bilan tashkil etildi. Hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 16–23 yosh toifasidagi 700 nafardan ziyod iqtidorli yoshlarimiz hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin xalqaro ishtirokchilar o‘zaro bellashmoqdalar. Telegram| Facebook| Instagram

1,040 views

Ishicilelwe Mas 30

1,040 views

Ishicilelwe Mas 22

⚡️Mahalla yoshlari diqqatiga! 🖐Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yildagi ilk loyihalariga start berilmoqda. Xususan, 24–28-mart kunlari yigit-qizlarimiz o‘rtasida shaxmat, shashka hamda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha musobaqalarning dastlabki — mahalla bosqichi bo‘lib o‘tadi. Har bir hudud kesimidagi musobaqalarning aniq manzili, vaqti hamda qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyida ilova qilingan maxsus fayl orqali tanishishingiz mumkin. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi; 2. Andijon viloyati; 3. Buxoro viloyati; 4. Jizzax viloyati; 5. Qashqadaryo viloyati; 6. Navoiy viloyati; 7. Namangan viloyati; 8. Samarqand viloyati; 9. Surxondaryo viloyati; 10. Sirdaryo viloyati; 11. Toshkent viloyati; 12. Farg‘ona viloyati; 13. Xorazm viloyati; 14. Toshkent shahri; O‘z iqtidoringizni namoyish eting va g‘oliblik sari ilk qadamni tashlang! 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt

3,770 views

Ishicilelwe Mas 21

💐Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni qadimiy va navqiron Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi. Ushbu qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga fayz-baraka, tinchlik va quvonch kirib kelsin. Yurtimizda hamjihatlik va taraqqiyot yanada mustahkam bo‘lsin. Aziz yoshlar, sizlar — yurtimiz kelajagi va ishonchli tayanchisiz. Sizlarga yangi zafarlar, ulkan marralar va yorqin istiqbol tilayman. Hurmat bilan, Dilnozaxon Kattaxonova Telegram| Facebook| Instagram

1,190 views

Ishicilelwe Mas 20

🌙Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar! Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu muqaddas ayyom har bir xonadonga tinchlik, fayzu baraka, qalblarga esa ezgulik va mehr olib kelsin. Bugungi hayit ayyomi barchamizni yanada jipslashtirib, jamiyatimizda hamjihatlik va bag‘rikenglikni kuchaytirsin. Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilnozaxon Kattaxonova Telegram| Facebook| Instagram

772 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
EledluleIkhasi 1 ku-85Okulandelayo