TGINSIGHT CHAT
Lawday - Huquq bozori tahlili
@lawdayuz
LawO‘zbekiston huquqiy xizmatlar bozorini chuqur tahlil qilib, tadqiqotlar o‘tkazuvchi, kompaniyalar reytingini belgilovchi hamda sohaga oid dolzarb yangiliklar va ekspertlar bilan intervyularni taqdim etuvchi axborot-tahliliy portali. www.lawday.uz
Izithuba zakamuva
Ikhasi 1 ku-4 · 40 izithuba
Ishicilelwe Eph 23
UZ Lawday Podcast — sud-huquq tizimidagi dolzarb masalalarni ochiq muhokama qiluvchi platforma. Ushbu loyiha orqali advokatlar, yuridik soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida qonunchilikdagi bo‘shliqlar tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. 🎙 Tez orada ilk sonimiz namoyish etiladi. Yuridik soha vakillarini hamkorlikka chorlaymiz. Agar sizda dolzarb mavzular, takliflar yoki muhokama uchun masalalar bo‘lsa, biz bilan bog‘laning: 📩 [email protected] Maqsadimiz — huquq tizimini yanada shaffof, samarali va zamonaviy qilishga hissa qo‘shish. --- EN Lawday Podcast is a platform for open discussion of pressing issues within the judicial and legal system. Through this project, lawyers, legal professionals, and experts come together to analyze gaps in legislation and develop well-grounded proposals to address them. 🎙 The first episode will be released soon. We invite legal professionals to collaborate. If you have relevant topics, ideas, or proposals for discussion, feel free to reach out: 📩 [email protected] Our mission is to contribute to a more transparent, efficient, and modern legal system. --- RU Lawday Podcast — это платформа для открытого обсуждения актуальных вопросов судебно-правовой системы. В рамках проекта адвокаты, юристы и эксперты анализируют пробелы в законодательстве и разрабатывают обоснованные предложения по их устранению. 🎙 Первый выпуск скоро выйдет. Приглашаем представителей юридического сообщества к сотрудничеству. Если у вас есть актуальные темы, идеи или предложения для обсуждения — свяжитесь с нами: 📩 [email protected] Наша цель — внести вклад в формирование более прозрачной, эффективной и современной правовой системы.
Ishicilelwe Mas 2
⚖️Humans ishi bo‘yicha 12 million dollarlik da’vo Humans kompaniyasiga nisbatan 12 million dollarlik da’vo arizasi kiritilgan. Da’voga ko‘ra, investor tomonidan kiritilgan 12 mln dollar evaziga kompaniyaning 66 foiz ulushi va’da qilingan, biroq ushbu majburiyat bajarilmagan. Ish Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilmoqda. Da’vogar tomoni investitsiya kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar va yozishmalar sudga taqdim etilganini hamda 66 foiz ulushni rasmiylashtirib berishni so‘rayotganini ma’lum qildi. Lawday 27-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayoni yakunlangach, da’vogar tomoni vakili bilan suhbatlashdi. “66 foiz ulush rasmiylashtirib berilmagan” Da’vogar vakili Sherzod Abdulkasimovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Maksim Sidanov suddan Humans biznesining 66 foiziga egalik huquqini tan olishni hamda biznesni rivojlantirish uchun kiritilgan investitsiya mablag‘larini undirishni so‘ramoqda. Uning ta’kidlashicha, investitsiyalar Humans Uzbekistan infratuzilmasini shakllantirish va biznesni yo‘lga qo‘yish uchun yo‘naltirilgan bo‘lib, buning evaziga 66 foiz ulush berilishi kerak bo‘lgan. Biroq hozirga qadar mazkur ulush rasmiylashtirib berilmagan. Sud jarayonida investor tomonidan kiritilgan mablag‘larni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan. “Dobrinin sudda shaxsan qatnashmayapti” Advokatning aytishicha, javobgar Vladimir Dobrinin sud jarayonida shaxsan ishtirok etmayapti, biroq uning vakillari mavjud. “Dobrinin suddan xabardor. Uning nomidan advokatlari ishtirok etmoqda. Bizning fikrimizcha, da’voni rad etuvchi yetarli dalillar mavjud emasligi sababli u shaxsan kelmayapti”, — dedi u. 27-fevral kungi sud majlisi javobgar tomon vakillarining kelmagani sababli qoldirilgan. 👉Nega ish O‘zbekistonda ko‘rilmoqda? Advokatning tushuntirishicha, Humans bilan bog‘liq ikki investorlar guruhi mavjud. Birinchi guruh bilan tuzilgan ayrim shartnomalarda nizolarni Angliyadagi London Court of International Arbitration (LCIA)da ko‘rib chiqish belgilangan. Biroq Maksim Sidanov bilan tuzilgan shartnomalarda bunday arbitraj sharti mavjud emas. Shu sababli u o‘z huquqlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston sudiga murojaat qilgan. Mazkur ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 6-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. https://youtu.be/C4-xXuTbUII
Ishicilelwe Dis 31
Lawday barchani, jumladan huquqshunoslarni Yangi yil bilan tabriklaydi. Barchangizga muvaffaqiyat va yangi imkoniyatlarni tilaymiz!
Ishicilelwe Nov 28
🌍 Uzbek Law Day – Paris 2025 21-noyabr kuni Fransiyadagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida Uzbek Law Day – Paris 2025 muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda Fransiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan yetakchi mutaxassislar va huquqshunoslar ishtirok etdilar. Forumda O‘zbekistondagi huquqiy transformatsiya jarayoni, Fransiya-O‘zbekiston huquqiy hamkorligining mustahkamlanishi va xalqaro hamkorliklarning huquqiy islohot va professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati ta’kidlandi. Ushbu tadbirni tashkil etishda quyidagi hamkorlarimiz ko'maklashishdi: O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasi, Toshkent Xalqaro Arbitraj Markazi (TIAC), PraeLegal O‘zbekiston, O‘zbekiston Advokatlar Palatasi, ICC, BRG, Wordstone Dispute Resolution va Betaneli Arbitration. Parijdagi tadbirimizda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga rahmat.
Ishicilelwe Nov 7
🇺🇿 Uzbek Law Day – Paris 2025🇫🇷 Sizni “Uzbek Law Day – Paris 2025” xalqaro huquqiy forumiga taklif etamiz! Tadbir 2025-yil 21-noyabr kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasining Parijdagi elchixonasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro forum O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar jarayonini yoritish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda. Huquq sohasi mutaxassislari va ekspertlar Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi huquqiy muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun bir joyga to‘planadi. 📝Ro‘yxatdan o‘tish: https://www.lawday.uz/ 📧 Savollar uchun murojaat: [email protected] Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasi, Toshkent Xalqaro Arbitraj Markazi, PraeLegal Uzbekistan, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar Palatasi, ICC Arbitration, BRG, Wordstone Dispute Resolution va Betaneli Arbitration ko‘magida tashkil etilmoqda. Bizning maqsadimiz — huquqiy muloqotni, islohotlarni va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash. Tadbir dasturi va spikerlar haqida batafsil ma’lumot tez orada e’lon qilinadi. Sizni Parijda kutib qolamiz! 🌍⚖️
Ishicilelwe Nov 6
🎙Squire Patton Boggs kompaniyasining vakili Bahar Charyyeva, 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Britaniya–O‘zbekiston Huquq Assotsiatsiyasi tadbirida ishtirok etdi. U intervyu davomida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokamalarning asosiy jihatlarini yoritdi hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Ishicilelwe Nov 3
🎙Norton Rose Fulbright kompaniyasining vakili Simon FT Cox 17-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Britaniya–Oʻzbekiston Huquq Assotsiatsiyasi tadbirida nutq soʻzlab, undagi muhokamalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi hamda Buyuk Britaniya va Oʻzbekistonning huquqiy hamjamiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.
Ishicilelwe Nov 2
🎙 17-oktyabr kuni Buyuk Britaniya-O‘zbekiston yuridik assotsiatsiyasi Londonda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston huquqshunoslari hamda ekspertlarini birlashtirgan tadbir o‘tkazdi. Latham & Watkins kompaniyasidan Mixail Turetskiy tadbir va Buyuk Britaniya-O‘zbekiston huquqiy hamkorligining rivojlanishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ishicilelwe Okt 30
🎥 “O‘zbekiston 24” telekanalida British-Uzbek Law Association tadbiri haqida lavha efirga uzatildi 17-oktabr kuni Britaniya-O‘zbekiston Huquq Assotsiatsiyasi Londondagi Norton Rose Fulbright ofisida tadbir o‘tkazdi. Ertasi kuni, 18-oktabrda, o‘zbekistonlik yuristlar delegatsiyasi Squire Patton Boggs ofisiga tashrif buyurdi. Mazkur tadbirlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, ular haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus lavha namoyish etildi. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
Ishicilelwe Okt 25
🔥 Huquqiy insaydlarni qarshi oling: Buyuk Britaniya huquqshunoslari bilan eksklyuziv vebinarlar! Lawday Britaniya-O‘zbekiston yuridik assotsiatsiyasi (BrULA) bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning yetakchi huquqshunoslari ishtirokida O‘zbekistonning amaliyotdagi yuristlari uchun xalqaro arbitraj, sud jarayonlari, jinoyat huquqi, ekspert xulosalari va sud majlislarida ekspertlarning ishtiroki kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator vebinarlar o‘tkazishni e’lon qilishdan mamnun. Ushbu vebinarlar Buyuk Britaniya huquq sohasining eng yaxshi mutaxassislaridan bevosita qimmatli ma’lumotlarni olish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Bilimlaringizni kengaytirish va xalqaro huquqiy dunyoqarashingizni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizga qo‘shiling va huquqiy bilimingizni yangi bosqichga olib chiqing! Qanday ro‘yxatdan o‘tish va ushbu onlayn tadbirga qo‘shilish bo‘yicha tez orada ma'lumot beriladi, sahifalarimizni kuzatib boring. Huquqiy bilimlaringizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. —- 🔥 Ҳуқуқий инсайдларни қарши олинг: Буюк Британия ҳуқуқшунослари билан эксклюзив вебинарлар! Lawday Британия-Ўзбекистон юридик ассоциацияси (BrULA) билан ҳамкорликда Буюк Британиянинг етакчи ҳуқуқшунослари иштирокида Ўзбекистоннинг амалиётдаги юристлари учун халқаро арбитраж, суд жараёнлари, жиноят ҳуқуқи, эксперт хулосалари ва суд мажлисларида экспертларнинг иштироки каби йўналишлар бўйича бир қатор вебинарлар ўтказишни эълон қилишдан мамнун. Ушбу вебинарлар Буюк Британия ҳуқуқ соҳасининг энг яхши мутахассисларидан бевосита қимматли маълумотларни олиш учун ноёб имконият яратади. Билимларингизни кенгайтириш ва халқаро ҳуқуқий дунёқарашингизни ривожлантириш имкониятини қўлдан бой берманг. Бизга қўшилинг ва ҳуқуқий билимингизни янги босқичга олиб чиқинг! Қандай рўйхатдан ўтиш ва ушбу онлайн тадбирга қўшилиш бўйича тез орада маълумот берилади, саҳифаларимизни кузатиб боринг. Ҳуқуқий билимларингизни ошириш имкониятини қўлдан бой берманг. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
Ishicilelwe Okt 24
📹 Video: British-Uzbek Law Association tadbiri - Buyuk Britaniya va O‘zbekiston huquqiy jamiyati o‘rtasidagi ko'prik 17-oktyabr kuni Londondagi Norton Rose Fulbright ofisida bo‘lib o‘tgan Britaniya-O‘zbekiston yuridik assotsiatsiyasi tadbirining asosiy lahzalari bilan bo'lishamiz, unda ikki mamlakatning yetakchi huquqshunoslari hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun bir joyga to‘plandilar. Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston yuridik delegatsiyasi 18-oktyabr kuni Londondagi Squire Patton Boggs yuridik firmasiga tashrif buyurib, xalqaro huquq amaliyoti bilan yaqindan tanishdi. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
Ishicilelwe Okt 24
⭐️ O‘zbekiston yuridik delegatsiyasining Londondagi Squire Patton Boggs'ga tashrifi 18-oktyabr kuni O‘zbekiston huquqshunoslari delegatsiyasi "Squire Patton Boggs" xalqaro yuridik firmasining Londondagi ofisiga tashrif buyurdi. Tashrif 17 oktyabr kuni bo‘lib…