Okuqukethwe kwesithuba
✈️ Koreya aviakompaniyalarining yangi qoidasi Korean Air boshchiligidagi Hanjin Group tarkibidagi 5 ta aviakompaniya 26-sanadan boshlab quyidagi qoidani joriy qiladi: ❌ Samolyot ichida power bank orqali telefon, planshet, noutbuk, kamera va boshqa qurilmalarni zaryadlash to‘liq taqiqlanadi. Bu kompaniyalar: Korean Air Asiana Airlines Jin Air Air Busan Air Seoul 📌 O‘zi bilan olib kirish mumkin, ammo: 1 kishi uchun 100Wh gacha bo‘lgan 5 tagacha Kontaktlarini izolyatsion lenta bilan yopish Har birini alohida paket yoki g‘ilofda saqlash shart ⚠️ Qayerda saqlash mumkin emas? ❌ Power bankni yuqori javonga (bagaj polkasi) qo‘yish taqiqlanadi. Sababi: agar u qizib, shishib yoki tutun chiqara boshlasa, kech seziladi va yong‘in chiqib bo‘lgandan keyingina bilinadi. ✅ Uni qayerda saqlash kerak: Qo‘lda olib yurish Old o‘rindiq cho‘ntagida Oldingi o‘rindiq ostida 🔥 Nega power banklar xavfli? Liti-ion batareyalar: shikastlansa qizib ketsa ortiqcha zaryad bo‘lsa 👉 “Termik portlash” (thermal runaway) holatiga tushib, ogohlantirishsiz portlab ketishi mumkin. 🚨 Quyidagi belgilar bo‘lsa — darhol tashlang! Agar power bankingizda: 🔺 shishish, bo‘rtish 🔥 juda qizib ketish 🕯 yomon hid chiqishi 💥 yorilish, deformatsiya 💧 suyuqlik oqishi 👉 bo‘lsa, ishlatmang — tashlab yuboring! ✈️ Boshqa aviakompaniyalar ham qo‘shildi: Eastar Jet — o‘tgan yil oktabrdan sinov tariqasida, bu yildan rasman joriy qildi Jeju Air — 22-sanadan boshlab to‘liq taqiqladi 📢 Aviakompaniyalar bu qoidalarni: rasmiy saytlar mobil ilovalar aeroportdagi stendlar SMS / ogohlantirishlar orqali e’lon qiladi 🗣 Korean Air vakili: “Bu qaror yo‘lovchilar xavfsizligi uchun majburiy.