TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
Media Mahalla avatar

TGINSIGHT CHAT

Media Mahalla

@Media_Mahalla

Education

Kontent yaratishga qiziqqanlar uchun foydali loyiha! :) 131214 by @trolluz

Abunəçilər1,190Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar109İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə274,900Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

1/10 səhifə · 109 yazı

Yayımlandı 8 apr

Activist nomi bilan tanilgan Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalibdi. Bunga asos sifatida ba’zi yogurtlar haromligi haqidagi videosi keltirilgan. Hojiakbar bilan shaxsan tanish emasman, ammo videolarini ko’rib turaman va niyati yaxshi inson deb o’ylayman. Activist videolaridan so’ng iste’molchilar xarid qilayotgan tovarlariga e’tiborliroq bo’lishni boshlashdi. Hozirgi holat albatta achinarli. Menimcha Hojiakbarni 15 sutkaga qamash o’rniga, u bilan suhbat qurib, yo’l qo’ygan xatolarini ko’rsatib, o’z videosiga o’zi raddiya berishi va jarima yozish orqali muammoni hal qilish mumkin edi. Barcha kontent mualliflariga maslahatim: Ommaga tarqatilayotgan materiallar har doim katta mas’uliyat talab qilishini unutmang. 5 ta obunachingiz bo’lsa ham ma’lumot tarqatishdan oldin shunga oid barcha qonunlarni o’rganing. Ayniqsa din bilan bog’liq masalalarda o’ta ehtiyotkorlik zarur. Aynan Activist voqeasiga kelsak… O’zbekiston musulmonlar idorasi O’zbekistonda fatvo chiqaruvchi yagona tashkilot. Nimadir halol yoki haromligi to’g’risida faqat ular bergan ma’lumotga tayanib gapirish mumkin. @Media_Mahalla

90,400 views

Yayımlandı 21 mar

Kecha Tashkent Digital Martketing Forum 2023 yakunlandi. Uning doirasida O’zbekistondagi kontent mualliflarini taqdirladik! Kontent mualliflarini baholash jarayonini Media Mahalla loyihasi va Tanish Bilish kreativ agentligi tomonidan tashkil etildi. G’oliblarni aniqlashda esa siz rasmda ko'rib turgan insonlar: Yan Lapotkov (Toples kanali muallifi), Ekaterina Lapotkova (Toples kanali produseri) va Umid Gafurov (o’zim) ishtirok etdik. Quyida nominatsiya va go’liblar ro’yxatini keltiraman: Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Tillar - Teacher Azam Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Texnologiyalar - Texnoplov Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Foto va video - Mirolim Obidov Eng yaxshi o'rgatuvchi kontent: Tibbiyot - Gynaecology (Rus tilida) - Shark Science (O’zbek tilida) Eng yaxshi biznes kontent: - Anvar Abduqayumov Eng yaxshi layfstayl kontent: Foto va video - Yugayart Eng yaxshi layfstayl kontent: Sayohatlar - TeaZeal Eng yaxshi layfstayl kontent: Fashion - Saazgram Eng yaxshi avto kontent: - Autodoctor (O’zbek tilida) - Temur Titorov (Rus tilida) Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: O'yinlar - Kiber Uz Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Musiqa - Konsta Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Sketchlar - go.uz (rus tilida) - Ozod Sh Official (O'zbek tilida) Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Tajribalar - ISOMTV Eng yaxshi ko'ngilochar kontent: Ilmiy-ommabop - Kunduziy Eng yaxshi sport kontenti - Littos Eng yaxshi pazandalik kontent - Mazza World Eng yaxshi gastronomik sharhlar - Dilmurod Nigmatullaev Eng yaxshi intervyular - Alter Ego (rus tilida) - Intervyu TV (o’zbek tilida) Eng yaxshi podcast - 102tv Eng yaxshi ijtimoiy kontent: - SUBYEKTIV Ko’ngilochar kontent rivojiga hissasi uchun: - Mittivine Jamoasi Barcha g’oliblarni tabriklayman! Sifatli kontent yaratishda davom etinglar! Taqdirlash marosimini YouTube orqali tomosha qilish mumkin: https://www.youtube.com/live/JabiA5kDACs?feature=share&t=25915 Bu hali boshlanishi. Keyinchalik sifatli va foydali kontentga e’tiborni kuchaytiramiz! Ularni yil davomida o’rganishda davom etamiz va albatta taqdirlaymiz. Bunda sizning yordamingiz ham kerak albatta. Tanlov jarayonini takomillashtirish uchun takliflar bering. Barchasini inobatga olinadi. @media_mahalla

10,700 views

Yayımlandı 20 mar

Ayni paytda Tashkent Digital Martketing Forum 2023 bo’lib o’tmoqda. Uning doirasida O’zbekistondagi eng yaxshi kontent mualliflari ham taqdirlanadi! Tez orada g’oliblarni e’lon qilamiz! Keyingi yillardagi tanlovlar uchun o’z takliflaringizni qoldiring! - В настоящее время проходит Tashkent Digital Marketing Forum 2023. В рамках форума будут награждены авторы лучшего контента в Узбекистане! Скоро вы узнаете кто же победил в разных номинациях. Оставляйте свои предложения для улучшения данного награждения в будущем! @media_mahalla

6,900 views

Yayımlandı 17 mar

Salom mahalladoshlar 🙂 Tashkent Digital Marketing Forum doirasida O’zbekistondagi sifatli kontent mualliflarini taqdirlash marosimi bo’ladi. Jami turli yo’nalishlar bo’yicha 25 ta muallif bor. O’rgatuvchi kontentdan ko’ngilochargacha. Go’liblar qanday tanlandi? Obyektiv talablar: 1. Qamrov va obunachilarning nisbati. 2. 2022 yil davomida uzluksiz (1 oyda kamida 1 marta) kontent yaratib kelgan. 3. Kontentining 50% dan kam bo’lmagan qismi tanlangan yo’nalishga bog’liq bo’lishi kerak. 4. O’zbekiston qonunchiliga zid faoliyat yuritmagan. Shu jumladan reklama to’g’risidagi qonun. 5. Muallifli yondashuv. Boshqalarni kontentidan foydalanmaslik. 6. Obunachilari sun’iy ravishda oshirilmagan. Giveaway, konkurs va hokazolarda ishtirok etmagan. Subyektiv talablar: 1. Kretiv yondashuv 2. Foydalilik 3. Montaj qiyinligi 4. Kontent miqdori 5. Sifat barqarorligi 6. Ommaga ta’siri 7. Individual ko’rsatgichlar Yuqoridagilar haqida qanday fikrdasiz? Aytgancha, aynan taqdirlash marosimiga kirish bepul 🙂 Istaganlar kelishi mumkin 🙂 Toshkent City dagi Hilton mehmonxonasida 20 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi. Keling, ko’rishamiz! Hurmat bilan, Rais @media_mahalla

16,400 views

Yayımlandı 12 mar

14,600 views

Yayımlandı 12 mar

O’zbekistondagi kontentni o’rganib chiqqandan keyin Yan Toples shunday murojaat bilan chiqdi… Iltimos, o’zingizdan o’zingiz intervyu olmang. Kameraga qarab gapiring. Ayniqsa biznes kontent egalariga tegishli 🙂 Yan Toples bilan birga kontentlarni o'rganib chiqayotganimizning sababi mana bu yerda ko’rsatilgan. — Изучив контент в Узбекистане, Ян Топлес хотел попросить авторов контента кое что… Пожалуйста, не берите интервью у себя. Говорите в оъектив. Особенно касается авторов бизнес-контента 🙂 А причина того, почему мы изучаем местный контент с Яном, находится по этой ссылке. @media_mahalla

74,900 views

Yayımlandı 6 mar

Hurmatli Media Mahalla ahli! Yordamingiz kerak. Yaqinda sifatli kontent mualliflarini taqdirlashni rejalashtirdik. Shuning uchun siz kuzatadigan blog, sahifa va har qanday kontent mualliflarini kategoriyalar bo’yicha ushbu havola orqali o’tib belgilang. Ishtirok uchun rahmat! https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7 Hurmat bilan, Rais :) @media_mahalla

10,400 views

Yayımlandı 23 fev

11,100 views

Yayımlandı 23 fev

Media Hashar bilan bandman bir necha kundan beri. Yo’qolib qolmadim :) Ajoyib o’tyapti. Hasharga kelmaganlarga alam qilsin deb ataylab yozyapman :) @Media_Mahalla

11,200 views

Yayımlandı 18 fev

Ro’yxatdan o’tishga ulgurmaganlar hamyurtlarimiz va musofirlar bor ekan. Bugun soat 23:59 gacha imkoniyat bor. Media Hasharga ro’yxatdan o’tish faqat @MediaMahallaBot, chet eldagilar uchun esa faqat @MediaMahallaRaisBot orqali! Boshqa hech qanday profil mavjud emas! Ro’yxatdan o’tishingiz bilan yopiq kanaldagi maxsus so’rovnomani to’ldiring. Aks holda sizning blog/kontentingizni tahlil qilishga Raisning vaqti yetmasligi mumkin :) @Media_Mahalla

11,400 views

Yayımlandı 18 fev

Mahalladoshlar, kimdir sizga shunday profil orqali yozsa, javob bermang. Media Hasharga ro’yxatdan o’tish faqat @MediaMahallaBot, chet eldagilar uchun esa faqat @MediaMahallaRaisBot orqali! Hozir ro’yxatdan o’tish to’xtatildi. Kimdir sizga “yordam” bermoqchi bo’lsa ishonmang! Ular qalloblar! Raisni qo’liga tushsa adabini beradi! @Media_Mahalla

9,190 views

Yayımlandı 17 fev

7,710 views
123•••910
Əvvəlki1/10 səhifəSonrakı