Yazı məzmunu
Salom mahalladoshlar 🙂 Tashkent Digital Marketing Forum doirasida O’zbekistondagi sifatli kontent mualliflarini taqdirlash marosimi bo’ladi. Jami turli yo’nalishlar bo’yicha 25 ta muallif bor. O’rgatuvchi kontentdan ko’ngilochargacha. Go’liblar qanday tanlandi? Obyektiv talablar: 1. Qamrov va obunachilarning nisbati. 2. 2022 yil davomida uzluksiz (1 oyda kamida 1 marta) kontent yaratib kelgan. 3. Kontentining 50% dan kam bo’lmagan qismi tanlangan yo’nalishga bog’liq bo’lishi kerak. 4. O’zbekiston qonunchiliga zid faoliyat yuritmagan. Shu jumladan reklama to’g’risidagi qonun. 5. Muallifli yondashuv. Boshqalarni kontentidan foydalanmaslik. 6. Obunachilari sun’iy ravishda oshirilmagan. Giveaway, konkurs va hokazolarda ishtirok etmagan. Subyektiv talablar: 1. Kretiv yondashuv 2. Foydalilik 3. Montaj qiyinligi 4. Kontent miqdori 5. Sifat barqarorligi 6. Ommaga ta’siri 7. Individual ko’rsatgichlar Yuqoridagilar haqida qanday fikrdasiz? Aytgancha, aynan taqdirlash marosimiga kirish bepul 🙂 Istaganlar kelishi mumkin 🙂 Toshkent City dagi Hilton mehmonxonasida 20 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi. Keling, ko’rishamiz! Hurmat bilan, Rais @media_mahalla