Yazı məzmunu
Hamroh kompaniyasi ko‘magida Gulmira Jumayeva Qoraqalpog‘istonda o‘z biznesini kengaytirmoqda — Chimboy tumanida chiqindilarni qayta ishlash zavodi ochiladi. Ushbu loyiha natijasida 100 ta ish o‘rni yaratiladi va birinchi navbatda mahalliy aholi ish bilan ta’minlanadi. Chimboy tumani hokimiyati zavod uchun binoni imtiyozli shartlarda ajratdi. Gulmira esa shaxsan Chimboydan uch nafar mahalliy aholini tanlab, ularni o‘z biznesi uchun tayyorlash va o‘qitish ishlarini boshlab yubordi. "Men Hamroh taklifi bilan Qoraqalpog‘istonga kelganman, bu yerda o‘z tajribamni joriy etish niyatidaman. Ishonchim komilki, biz birgalikda bu yerliklar uchun Samarqanddagidek munosib sharoitlar yaratamiz", — deydi Gulmira. Insonlar uchun foydali va yurakdan chiqqan ana shunday loyihalar barqaror biznes asoslarini yaratadi. - - - При содействии компании Hamroh Гульмира Джумаева расширяет свой бизнес в Каракалпакстан — в Чимбайском районе будет открыт новый завод по переработке мусора. Производство создаст 100 рабочих мест, и в первую очередь трудоустроены будут местные женщины. Хокимият Чимбайского района уже выделил помещение под завод на льготных условиях, а сама Гульмира лично отобрала трех жителей из Чимбая, чтобы обучить их и подготовить к работе в своем бизнесе. «Я приехала в Каракалпакстан по приглашению Hamroh, чтобы внедрить здесь свой опыт. Уверена, вместе мы сможем создать достойные условия для местных жителей — такие же, как в Самарканде», — делится Гульмира. Проекты с душой и реальной пользой для людей — именно так строится устойчивый бизнес. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook