TGINSIGHT CHAT
HAMROH
@hamrohingizuz
Business and startupsHAMROH - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi Tel: +998772061111 Facebook: facebook.com/hamrohingiz Instagram: instagram.com/hamrohingiz.uz
Son yazılar
1/11 səhifə · 132 yazı
Yayımlandı 16 apr
Yuqori qiziqish sababli biz O‘zbekistondagi Hamroh va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) hamkorlikdagi grantlari bo‘yicha arizalar qabul qilish muddatini 10 kunga uzaytiramiz. Agar siz migratsiyadan qaytgan bo‘lsangiz yoki migrant oilasining a’zosi bo‘lib, o‘z biznesingizni rivojlantirayotgan bo‘lsangiz, ariza topshirish imkoniyatiga egasiz. Grantda Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi tadbirkor ayollar ishtirok etishlari mumkin. Grant doirasida moliyaviy ko‘mak bilan birga, biznesingizni rivojlantirishga yordam beradigan bilim va ko‘nikmalarga ham kirish imkoniyati taqdim etiladi. Arizalar qabul qilish muddati: 26.04.2026 Arizani havola orqali berilgan formani to‘ldirish orqali topshirishingiz mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga yozing: [email protected] - - - В связи с высокой заинтересованностью мы продлеваем приём заявок на совместные гранты Hamroh и Международной организации по миграции (IOM) в Узбекистане на 10 дней. Если вы вернулись из миграции или являетесь членом семьи мигранта и развиваете свой бизнес, у вас есть возможность подать заявку. Принять участие могут предпринимательницы, проживающие в Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, городе Ташкенте и Республике Каракалпакстан. В рамках гранта предусмотрена как финансовая поддержка, так и доступ к знаниям и навыкам, которые помогут развить своё дело. Принять участие могут предпринимательницы, проживающие в Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, городе Ташкенте и Республике Каракалпакстан. Срок приёма заявок: 26.04.2026 Заявку можно подать заполнив форму по ссылке. Если у вас возникли вопросы, напишите сюда: [email protected] 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 15 apr
Hamroh va Uzum birgalikda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan grantlarni topshirish marosimini o'tkazdilar. Tadbirda davlat idoralari va biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. 20 nafar ayol tadbirkorlar jami 1 milliard so‘m miqdoridagi grantlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu mablag‘lar axborot texnologiyalari, mentorlik va yashil energiya sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Tadbir nafaqat qo‘llab-quvvatlash maydoni, balki ishtirokchilarning o‘z hikoyalarini bo‘lishishi, hamfikrlar topishi va keyingi o‘sish uchun ilhom olishiga xizmat qilgan muhitga aylandi. - - - Hamroh и Uzum провели совместную церемонию вручения грантов, направленных на развитие женского предпринимательства. В мероприятии приняли участие представители государственных структур и бизнес-сообщества. 20 предпринимательниц получили гранты на общую сумму 1 миллиард сумов. Эти средства будут направлены на развитие проектов в сфере информационных технологий, наставничества и зелёной энергетики. Мероприятие стало пространством, где участницы не только получили поддержку, но и поделились своими историями, нашли единомышленников и вдохновение для дальнейшего роста. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 7 apr
Arizalar qabuli yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi! Hamroh va Oʻzbekistondagi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti (IOM) hamkorligida e’lon qilingan, tadbirkor ayollar uchun moʻljallangan grant tanloviga ariza topshirish uchun 10 kundan kam vaqt qoldi. Agar siz migratsiyadan qaytgan bo‘lsangiz yoki migrant oilasidan bo‘lib, o‘z biznesingizni rivojlantirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Grant doirasida siz moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan birga biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Tanlovda Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida, Toshkent shahrida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi tadbirkor ayollar ishtirok etishlari mumkin. Arizalar qabulining oxirgi kuni: 16.04.2026 Arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga yozing: [email protected] - - - Приём заявок подходит к завершению! До окончания приёма заявок на грантовый конкурс для женщин предпринимательниц, реализуемый Hamroh совместно с Международной организацией по миграции (IOM) в Узбекистане, осталось меньше 10 дней. Если вы вернулись из миграции или являетесь членом семьи мигранта и планируете развивать свой бизнес, это возможность, которой стоит воспользоваться. В рамках гранта предусмотрена не только финансовая поддержка, но и доступ к знаниям и навыкам, необходимым для развития бизнеса. Принять участие могут предпринимательницы, проживающие в Андижанской, Кашкадарьинской, Ферганской, Ташкентской областях, городе Ташкенте и Республике Каракалпакстан. Срок приёма заявок: 16.04.2026 Заявку можно подать заполнив форму по ссылке. Если у вас возникли вопросы, напишите сюда: [email protected] 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 7 apr
Hamroh Visa, Ipak Yuli Banki va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlik memorandumini imzolab, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan global "She’s Next" tashabbusining bir qismiga aylandi. Ushbu hamkorlik allaqachon biznes yuritayotgan yoki endi boshlashni reja qilayotgan ayollar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Tashabbus doirasida 17 ta mamlakatni qamrab oladigan platformada birlashgan tadbirkor ayollar hamjamiyati rivojlantiriladi. Ishtirokchilar ta’lim, xalqaro tajriba va hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladilar, shuningdek, loyihalarini rivojlantirish uchun moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Tashabbusning birinchi to‘lqini “Boshlang!” shiori ostida o‘tmoqda — bu katta natijalarga erishish uchun avvalo birinchi qadamni qo‘yish muhimligini eslatadi. Tashabbusda 24-maygacha (shu kun ham kiradi) ishtirok etish mumkin. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun saytga o‘ting: https://shesnext.uz/ru - - - Hamroh подписал меморандум о сотрудничестве с Visa, Ipak Yuli Bank и Министерством цифровых технологий, став частью глобальной инициативы She’s Next, направленной на поддержку и развитие женского предпринимательства. Это партнерство открывает новые возможности для женщин, которые уже ведут бизнес или только планируют его запуск. В рамках инициативы будет развиваться сообщество предпринимательниц, объединённое на платформе, охватывающей 17 стран. Участницы получат доступ к обучению, международному опыту и возможностям для партнёрства, а также смогут привлечь финансирование для развития своих проектов. Первая волна инициативы проходит под слоганом «Boshlang!» как напоминание о том, что для больших результатов важно сделать первый шаг. Принять участие в инициативе можно до 24 мая включительно. Для получения доволнительной информации и регистрации переходите на сайт: https://shesnext.uz/ru 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 6 apr
ALPHA hamkorligida va UZCARD ko‘magida amalga oshirilayotgan “Hamroh Biznes Maktabi” dasturining ikkinchi oqimiga qabul boshlandi. Dastur allaqachon biznes yuritayotgan va endi yanada o‘sishga, kuchli strategiya qurishga, jarayonlarni mustahkamlashga hamda faoliyatini kengaytirishga tayyor tadbirkor ayollar uchun mo‘ljallangan. Dastur davomida real keyslar bilan ishlanadi, amaliy instrumentlar beriladi hamda biznesni chuqurroq tushunish va aniqroq qarorlar qabul qilishga yordam beradigan mentorlar hamrohligi ta’minlanadi. Ikkinchi oqim ta’limi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun havola orqali formani to‘ldiring. Arizalar 2026-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi. - - - Открыт набор на второй поток программы Hamroh Biznes Maktabi, реализуемой совместно с ALPHA при поддержке UZCARD. Программа предназначена для предпринимательниц, которые уже ведут бизнес и готовы расти дальше, выстраивать более сильную стратегию, усиливать процессы и масштабировать своё дело. В программе предусмотрена работа с реальными кейсами, практические инструменты и сопровождение менторов, которые помогают глубже понимать бизнес и принимать более точные решения. Обучение второго потока пройдёт в Ташкенте. Чтобы принять участие, заполните форму по ссылке. Приём заявок открыт до 15 апреля 2026 года. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 5 apr
Nukus shahrida ALPHA bilan hamkorlikda va UZCARD qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilgan “Hamroh Biznes Maktabi” dasturining 1-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ishtirokchilarimiz o‘quv jarayonini tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi — bu ular uchun ham, biz uchun ham muhim bosqich bo‘ldi. Dastur davomida ishtirokchilar biznesni rivojlantirish, marketing strategiyalari, moliyaviy boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini chuqur o‘rgandilar. Eng muhimi — ular bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash, o‘z loyihalarini mustahkamlash va mutaxassislar ko‘magida rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Birinchi oqim yakunlandi — va bu hali boshlanishi. “Hamroh Biznes Maktabi” dasturining navbatdagi oqimi uchun qabul ochildi. Agar siz: — o‘z biznesingizni boshlamoqchi yoki rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, — bilim va tajribangizni tizimlashtirishni istasangiz, — ekspertlar va mentorlar bilan ishlashni xohlasangiz, — kuchli ayollar hamjamiyatining bir qismiga aylanishni istasangiz, unda bu dastur aynan siz uchun. Keyingi bosqichga o‘ting va biznesingizni yangi darajaga olib chiqing — quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSec4_J1t6ggFzkKAEczpmkWV4P2pfIE3csJXk6pLYn635VU1g/viewform?usp=publish-editor --- “Nukus qalasında ALPHA menen birgelikte ámelge asırılǵan hám UZCARD qollap-quwatlawı astında ótken “Hamroh Biznes Maktabi” dásturınıń 1-aǵımı tabıslı túrde juwmaqlanıp boldı. Qatnasıwshılarımız oqıw processin tamamlap, sertifikatlarǵa iye boldı — bul olar ushın da, biz ushın da áhmiyetli kezeń boldı. Dástur dawamında qatnasıwshılar biznesdi rawajlandırıw, marketing strategiyaları, finanslıq basqarıw hám liderlik kónlikpelerin tereń úyrendi. Eń baslısı — olar bul bilimlerdi ámeliyatta qollanıw, óz proyektlerin bekitip, mamandar járdeminde rawajlandırıw múmkinshiligine iye boldı. Birinshi aǵım juwmaqlanıp boldı — bul tek baslanıwı. “Hamroh Biznes Maktabi” dásturınıń keyingi aǵımı ushın qabıl ashıldı. Eger siz: — óz biznesińizdi baslawdı yamasa rawajlandırıwdı qáleseńiz, — bilim hám tájiriybeńizdi sistemalashtırıwdı maqset etseńiz, — ekspertler hám mentorlar menen islewdi qáleseńiz, — kúshli hayal-qızlar qáwimlesliginiń bir bóligi bolıwdı qáleseńiz, onda bul dástur siz ushın. Keyingi qádemdi taslań hám biznesińizdi jańa dárejege alıp shığıń — tómendegi silteme arqalı forma toltrıń. Dizimge alınıw: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSec4_J1t6ggFzkKAEczpmkWV4P2pfIE3csJXk6pLYn635VU1g/viewform?usp=publish-editor --- Первый поток обучения программы «Hamroh Biznes Maktabi» в городе Нукус, реализованной совместно с ALPHA и при поддержке UZCARD успешно завершен. Наши участники завершили обучение и получили сертификаты — это важный этап как для них, так и для нас. В ходе программы участники глубоко изучили развитие бизнеса, маркетинговые стратегии, финансовое управление и лидерские навыки. Самое главное — они получили возможность применять эти знания на практике, укреплять свои проекты и развивать их при поддержке специалистов. Первый поток завершён — и это только начало. Открыт набор на следующий поток программы «Hamroh Biznes Maktabi». Если вы: — хотите начать или развивать свой бизнес, — стремитесь систематизировать свои знания и опыт, — хотите работать с экспертами и менторами, — хотите стать частью сильного сообщества женщин, тогда эта программа именно для вас. Сделайте следующий шаг, чтобы вывести свой бизнес на новый уровень — заполните форму по ссылке ниже. Для регистрации: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfMsMQEfkj87WeK2XuzZxLkpZigVmriTS0fTfw8kFsaLPUDJA/viewform?usp=publish-editor 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 1 apr
Biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz? Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab ayol tadbirkorlar uchun grant tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Agar biznesingizni rivojlantirish va kengaytirish uchun qo‘shimcha resurslar kerak bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun! Grant nimalarni o‘z ichiga oladi? Uskuna va texnika ko‘rinishidagi grant (soliq va logistika xarajatlari bilan birga 5 000 AQSh dollarigacha) ❗️Grant naqd pul shaklida berilmaydi, barcha uskunalar xaridi WESP loyihasi tomonidan 6–8 oy ichida amalga oshiriladi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? • WESP akseleratsiya dasturi bitiruvchilari (sertifikatga ega) • Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) yoki yuridik shaxs sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ayol tadbirkorlar • Biznesni rivojlantirish yoki kengaytirishga qaratilgan tayyor biznes loyihasi mavjud bo‘lgan ishtirokchilar Qanday ariza topshiriladi? Quyidagi hujjatlarni elektron pochta orqali yuboring: • To‘ldirilgan va tasdiqlangan biznes loyiha formasi (Formani yuklab olish: havola • Davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat • WESP akseleratsiya dasturi treninglarida qatnashganligi to‘g‘risidagi sertifikat 📩Hujjatlar quyidagi elektron pochtaga yuboriladi: [email protected] 🗓Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maygacha ❕Grant dasturini amalga oshirish bosqichlari haqida to‘liq ma’lumot WESP dasturi Hamroh kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumot uchun: +998 93 111 80 01 yoki Telegram orqali @wespdasturi manziliga murojaat qiling. - - - Готовы вывести свой бизнес на новый уровень? В рамках программы поддержки женщин-предпринимателей (WESP) объявлен прием заявок на грантовый конкурс для женщин-предпринимателей по всему Узбекистану. Если вам нужны дополнительные ресурсы для развития и расширения бизнеса — эта возможность именно для вас! Что включает грант? Грант в виде оборудования и техники (до 5 000 долларов США с учетом налоговых и логистических расходов) ❗️Грант не выдается наличными — закупка оборудования осуществляется проектом WESP в течение 6–8 месяцев. Кто может подать заявку? • Выпускницы акселерационной программы WESP (с сертификатом) • Женщины-предприниматели, зарегистрированные как индивидуальные предприниматели (ИП) или юридические лица • Участницы с готовым бизнес-проектом, направленным на развитие или расширение бизнеса Как подать заявку? Отправьте следующие документы по электронной почте: • Заполненную и утвержденную форму бизнес-проекта (скачать форму: ссылка • Документ, подтверждающий государственную регистрацию • Сертификат об участии в тренингах акселерационной программы WESP 📩Отправляйте документы на электронную почту: [email protected] 🗓Срок приема заявок: до 15 мая 2026 года ❕Подробная информация об этапах реализации грантовой программы: Программа WESP реализуется по инициативе компании Hamroh при поддержке Программы развития ООН, Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан и The Coca-Cola Foundation. Для дополнительной информации: +998 93 111 80 01 или Telegram: @wespdasturi 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 27 mar
Tadbirkor ayollar uchun WESP dasturiga qabul boshlandi! O‘zbekiston bo‘ylab 20 nafar ayol tadbirkorlarimiz 5 000 AQSh dollari grantini qo‘lga kiritib, o‘z bizneslarini yanada rivojlantirmoqda va endi sizda ham shunday imkon bor. HAMROH kompaniyasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda tadbirkor ayollarni 1 oylik akseleratsiya dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. 1 oylik dastur davomida siz amaliy bilimlar, tajriba va foydali aloqalarga ega bo‘lasiz. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan tadbirkorlar loyiha tomonidan ajratiladigan grantlar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Treninglar O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida tashkil etiladi. Ishtirok etish shartlari: — davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lish — amalda faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkor bo‘lish Darslar loyiha tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://www.hamrohingiz.uz/oquv-dasturida-ishtirok-etish Batafsil ma’lumot uchun: 📞 +998 93 111 80 01 📩 Telegram: @wespdasturi Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — rivojlanish sari qadam tashlang! --- Открыт набор в программу WESP для женщин-предпринимателей! По всей Узбекистану 20 женщин-предпринимателей получили грант в размере 5 000 долларов США для развития своего бизнеса, теперь и у вас есть такая возможность. Компания HAMROH совместно с Программой развития ООН приглашает женщин-предпринимателей принять участие в 1-месячной акселерационной программе. В течение месяца вы получите практические знания, опыт и полезные деловые связи. Участницы, успешно завершившие программу и получившие сертификат, смогут принять участие в конкурсе на получение грантов, предусмотренных в рамках проекта. Тренинги будут организованы во всех областных центрах Узбекистана. Условия участия: — наличие государственной регистрации — ведение действующей предпринимательской деятельности Обучение полностью финансируется проектом. Для регистрации: https://www.hamrohingiz.uz/oquv-dasturida-ishtirok-etish Для получения дополнительной информации: 📞 +998 93 111 80 01 📩 Telegram: @wespdasturi Не упустите возможность — сделайте шаг к развитию! 🚀 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 25 mar
“Ayollarga o‘zini namoyon etish imkonini berishning o‘zi kifoya — ular kutilganidan o‘n barobar yuqori natijalarga erishadi. Ayollar ko‘pincha ularga ishonmaslik, yo‘llariga to‘siqlar qo‘yilishi bilan to‘qnash keladi. Ammo davlat tomonidan eng yuqori darajada qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatilsa va zarur sharoitlar yaratilsa, juda qisqa vaqt ichida ulkan o‘zgarishlar ro‘y beradi”, — Nozimaxon Davletova Nukus shahrida HAMROHning ilk filiali o‘z eshiklarini ochdi — bu ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim qadamdir. Endilikda hududdagi ayollar biznesni boshlash va rivojlantirish uchun professional maslahat, zamonaviy bilim va amaliy ko‘makni bir joyda olish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbir doirasida HAMROH, UZCARD va ALPHA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda “HAMROH Biznes maktabi” ta’lim dasturiga start berildi. Ushbu dastur ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z biznesini ishonch bilan yo‘lga qo‘yishiga yordam beradi. HAMROH uchun bu qadam — ayol tadbirkorlarga sifatli ko‘makni nafaqat poytaxtda, balki mamlakat hududlarida ham yanada kengaytirish va barqaror ekotizim yaratish yo‘lidagi muhim bosqichdir. --- “Hayalǵa ózin kórsetiw múmkinshiligin beriwdiń ózi jetkilikli — olar kútílgeninen on ese joǵarı nátijelerge jetedi. Hayallar kóbinese olarǵa isenbew, jollarına tosıq qoyılıwı sıyaqlı jaǵdaylar menen betpe-bet keledi. Al, memleket tárepinen eń joǵarı dárejede qollap-quwatlaw kórsetilip, qajetli shárayatlar jaratılса, óte qısqa waqıt ishinde ulı ózgerisler júz beredi”, — Nozimaxon Davletova Nókis qalasında HAMROHtıń alǵashqı filiali esiklerin ashtı — bul hayal kásipkerler ushın jańa múmkinshiliklerge aparatın mańızlı qadam. Endilikte aumaqtaǵı hayallar biznesin baslaw hám rawajlandırıw ushın professional keńes, zamanaýı bilim hám ámeliy qollap-quwatlawdı bir jerde alıw múmkinshiligine iye boladı. Is-shara sheńberinde HAMROH, UZCARD hám ALPHA arasynda hamkorlıq memorandumı imzalandı sonday-aq “HAMROH Biznes mektebi” tálim dástúrine start berildi. Bul dástúr hayallardıń moliyalıq sawatlılıǵın asırıw, ámeriy kónikpelerin rawajlandırıw hám óz biznesin isenim menen jolǵa qoyıwına járdem beredi. HAMROH ushın bul qadam — hayal kásipkerlerge sapalı kómekti tek ǵana paytaxtta emes, bálki elimizdiń aumaqlarında da keńeytip, turaqlı ekotizim jaratıw jolındaǵı mańızlı kezeń. - - - «Дать женщинам возможность проявить себя — уже достаточно: они достигают результатов в десять раз выше ожидаемых. Женщины часто сталкиваются с недоверием и препятствиями на своём пути. Однако при поддержке государства на самом высоком уровне и создании необходимых условий в очень короткие сроки происходят значительные изменения», — Нозимахон Давлетова. В городе Нукус открылся первый филиал HAMROH — это важный шаг к новым возможностям для женщин-предпринимателей. Теперь женщины региона смогут получать профессиональные консультации, современные знания и практическую поддержку для запуска и развития бизнеса в одном месте. В рамках мероприятия был подписан меморандум о сотрудничестве между HAMROH, UZCARD и ALPHA, а также дан старт образовательной программе «HAMROH Biznes maktabi». Эта программа направлена на повышение финансовой грамотности женщин, развитие практических навыков и помощь в уверенном запуске собственного бизнеса. Для HAMROH этот шаг — важный этап в расширении качественной поддержки женщин-предпринимателей не только в столице, но и в регионах страны, а также в создании устойчивой экосистемы. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 22 mar
«Meni ilhomlantiradigan ayollarga men doimo e’tibor qarataman. Ularning energiyasi, ishga bo‘lgan ishtiyoqi va qat’iyati nafaqat hayrat uyg‘otadi, balki menga ham oldinga intilish uchun kuch beradi.» — Iroda Rasulova Rasulova Iroda Erkinovna, 45 yosh, Toshkent shahrida istiqomat qiladi. U marketing va menejment yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega hamda uch farzandning onasi. Bugungi kunda Iroda ta’lim xizmatlari sohasida o‘z biznesini rivojlantirib, bolalar va ularning oilalari uchun qulay hamda ishonchli o‘quv muhitini yaratmoqda. Uning tadbirkorlik yo‘li o‘quv markazlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishdan boshlangan. Dastlab u bu ishni uddalay oladimi-yo‘qmi, degan ikkilanishlarni boshdan kechirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ishonch ustun kelib, u oldinga qadam tashlashga qaror qiladi. Ishga mas’uliyat bilan yondashish maqsadida Iroda to‘qqiz oy davomida turli o‘quv markazlari faoliyatini o‘rgandi, ularning yondashuv va metodikalarini tahlil qildi hamda asta-sekin kelajakdagi biznesi bo‘yicha o‘z qarashlarini shakllantirdi. Bugun uning o‘quv markazi bolalarni maktabga tayyorlash, nutqida o‘ziga xosligi bo‘lgan bolalar uchun logoped-defektolog mashg‘ulotlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun rus va ingliz tili kurslarini taklif etadi. Markaz ishida har bir bolaga individual yondashuvga alohida e’tibor qaratiladi. Iroda shunchaki ta’lim maskani emas, balki bolalar o‘zini erkin his qiladigan va o‘z salohiyatini ochib boradigan muhit yaratishga intiladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy vositalar, jumladan, interaktiv doskalardan ham foydalaniladi. Iroda HAMROH kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan WESP dasturiga qo‘shildi hamda ikki oylik o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi. Dastur unga biznesni tizimli rivojlantirish, mijozlar ehtiyojlarini chuqur anglash, moliyaviy rejalashtirish va o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashda yordam berdi. Kelgusi yillarda Iroda o‘z o‘quv markazi filiallari tarmog‘ini kengaytirish, xususiy bolalar bog‘chasini ochish hamda ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. - - - «Я всегда обращаю внимание на женщин, которые меня вдохновляют. Их энергия, страсть к делу и упорство не только восхищают, но и дают мне силы двигаться дальше.» — Ирода Расулова Расулова Ирода Эркиновна, 45 лет, проживает в городе Ташкент. Она имеет высшее образование в области маркетинга и менеджмента и является матерью троих детей. Сегодня Ирода развивает собственный бизнес в сфере образовательных услуг, создавая для детей и их семей комфортную и надёжную среду для обучения. Её путь в предпринимательство начался с интереса к работе учебных центров. В начале у неё были сомнения, сможет ли она справиться, однако со временем уверенность взяла верх, и она решила двигаться вперёд. Чтобы подойти к делу ответственно, Ирода в течение девяти месяцев изучала работу различных учебных центров, анализировала их подходы и методики, постепенно формируя собственное видение будущего бизнеса. Сегодня её учебный центр предлагает подготовку детей к школе, занятия с логопедом-дефектологом для детей с речевыми особенностями, а также курсы русского и английского языков для школьников. В работе центра особое внимание уделяется индивидуальному подходу к каждому ребёнку. Ирода стремится создавать не просто образовательное пространство, а место, где дети чувствуют себя уверенно и раскрывают свой потенциал. В обучении используются современные инструменты, включая интерактивные доски. Ирода присоединилась к программе WESP, инициированной компанией HAMROH и реализуемой совместно с ПРООН, и успешно завершила двухмесячное обучение. Программа помогла ей укрепить ключевые навыки, включая системное развитие бизнеса, понимание потребностей клиентов, финансовое планирование и поиск новых возможностей для роста. В ближайшие годы Ирода планирует расширять сеть филиалов своего учебного центра, открыть частный детский сад и создать новые рабочие места для женщин. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 21 mar
Navro’z bayramingiz bilan! Navroʻz — bu shunchaki bahorning boshlanishi emas. Bu yangilanish onidir: yangi gʻoyalar, yangi yoʻllar va oldinga intilish uchun yangi kuchlar paydo boʻladigan vaqt. Ushbu Navroʻz sizga ichki tayanch, ilhom va yangi qadamlar tashlash uchun jasorat olib kelsin. Uyingizda doimo iliqlik, ishlaringizda esa barqaror rivojlanish va kelajakka ishonch bo‘lsin. Biz sizni qo‘llab-quvvatlash, birlashtirish va yangi imkoniyatlar ochishda yoningizdamiz. Hurmat bilan, Hamroh jamoasi --- С праздником Навруз! Навруз — это не просто начало весны. Это момент обновления, когда появляются новые идеи, новые пути и новые силы двигаться вперёд. Пусть этот Навруз принесёт вам внутреннюю опору, вдохновение и смелость для новых шагов. Пусть в ваших домах будет тепло, а в делах — устойчивое развитие и уверенность в будущем. Мы рядом, чтобы поддерживать, соединять и открывать новые возможности. С уважением, команда Hamroh 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook
Yayımlandı 20 mar
Ramazon Hayiti muborak! Sizni ushbu yorug‘ va muborak kun — Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin. Hurmat bilan, Hamroh jamoasi - - - С праздником Рамазан Хайит! Примите наши поздравления с этим светлым днём. Желаем вам и вашим близким крепкого здоровья, мира и благополучия. Пусть все ваши добрые намерения исполняются. С уважением, команда Hamroh 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook