TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #118

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar488Yazı baxışları
Yayımlandı28 may28.05.2025, 10:18
Məzmun

Yazı məzmunu

26-may kuni biz butun O‘zbekiston bo‘ylab murabbiylar uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (WESP) doirasida treninglar turkumini boshladik. Ushbu tashabbus BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Treninglar ishtirokchilarning biznes-rejalashtirish, marketing, raqamli savdo va moliyani boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa, o‘qitish uslublarini standartlashtirish va genderga sezgir yondashuvlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Treningning ochilish marosimida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTTD birinchi administratorining o‘rinbosari janob Xaolyan Syu, Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nozima Davletova hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova ishtirok etdilar. WESP dasturi butun mamlakat bo‘ylab o‘z biznesini boshlayotgan va rivojlantirayotgan ayollar uchun barqaror mentorlik va qo‘llab-quvvatlash tizimining asosiga aylanishi kutilmoqda. - - - 26 мая компания Hamroh совместно с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов запустила серию тренингов для тренеров со всего Узбекистана по программе поддержки женского предпринимательства (WESP). Обучение направлено на развитие навыков в бизнес-планировании, маркетинге, цифровой коммерции и управлении финансами. Особое внимание уделяется стандартизации методов обучения и применению гендерно-чувствительных методов. На открытие тренингов пришли заместитель Генерального секретаря ООН, первый заместитель Администратора ПРООН г-н Хаолян Сю, Глава Управления информационно-аналитического обеспечения внешней политики и расширения внешнеэкономического сотрудничества Департамента внешних связей Администрации президента Нозима Давлетова и заместитель министра экономики и финансов Гулнора Рахимова. Программа WESP станет основой для устойчивой системы менторства и поддержки женщин, начинающих и развивающих свой бизнес по всей стране. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook