Yazı məzmunu
📍 Qashqadaryoda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” taqdim etildi va tadbirkorlarning moliyalashtirishga bo‘lgan kirishini kengaytirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Panel sessiyalari va davra suhbatlarida davlat idoralari vakillari, xalqaro moliyaviy institutlar, tadbirkorlar va ekspertlar ishtirok etib, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi. “Bizning maqsadimiz – O‘zbekistondagi har bir ayol barqaror biznes yurita oladigan inklyuziv tadbirkorlik ekotizimini yaratishdir,” — dedi panel sessiyasi davomida “Hamroh” kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova. Tashrif yakunlariga ko‘ra yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi — o‘n nafar ayol tadbirkor “Hamroh”ning qo‘llab-quvvatlash dasturiga qo‘shildi. Endilikda ularga biznesni rivojlantirishning barcha bosqichlarida tizimli ko‘mak ko‘rsatiladi. - - - 📍В Кашкадарье прошла международная конференция по развитию малого и среднего бизнеса. На мероприятии представили «Стратегию развития малого и среднего бизнеса Узбекистана до 2030 года» и обсудили, как расширить доступ предпринимателей к финансированию, поддержать стартапы и развивать женское и молодёжное предпринимательство. Панельные сессии и круглые столы собрали представителей государственных органов, международных финансовых институтов, предпринимателей и экспертов для обсуждения ключевых направлений поддержки и обмена опытом. «Наша цель - создать инклюзивную предпринимательскую экосистему, в которой каждая женщина в Узбекистане сможет успешно управлять устойчивым бизнесом», - отметила во время панельной сессии Дилфуза Нурматова, генеральный директор HAMROH. По итогам визита началось новое сотрудничество - десять женщин-предпринимателей присоединились к программе сопровождения HAMROH. Теперь им будет оказана системная поддержка на всех этапах развития бизнеса. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook