TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #120

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar377Yazı baxışları
Yayımlandı5 iyn05.06.2025, 11:00
Məzmun

Yazı məzmunu

🇩🇪 2-iyun kuni Berlin shahrida O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tashkil etilgan “Ayollarning jamiyatdagi roli: O‘zbekiston-Germaniya tadbirkor ayollari anjumani” mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida HAMROH kompaniyasi kuzatuv kengashi a’zosi va Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Nozima Davletova, shuningdek, HAMROH kompaniyasi bosh direktori Dilfuza Nurmatova ishtirok etdi. Uchrashuvda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ayollarni biznesda qo‘llab-quvvatlash va ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasida barqaror aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 📌 Tashrif yakunida HAMROH, "Mikrokreditbank" va "German Sparkassenstiftung for International Cooperation" o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, "Mikrokreditbank" HAMROH dasturi doirasida tadbirkor ayollarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, The Foundation West-Eastern Encounters fondi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. - - - 🇩🇪 2 июня в Берлине прошла конференция «Роль женщин в жизни общества: диалог между предпринимательницами Узбекистана и Германии», организованная Посольством Узбекистана в Берлине и АКБ «Микрокредитбанк». В составе делегации от Узбекистана - Нозима Давлетова, член наблюдательного совета компании HAMROH и глава Управления информационно-аналитического обеспечения внешней политики и расширения внешнеэкономического сотрудничества Департамента внешних связей Администрации президента, а также генеральный директор HAMROH Дилфуза Нурматова. Обсуждали, как укреплять международное сотрудничество, поддерживать женщин в бизнесе и строить устойчивые связи между предпринимательницами двух стран. 📌 По итогам визита HAMROH подписала трёхсторонний меморандум с «Микрокредитбанком» и «German Sparkassenstiftung for International Cooperation» - МКБ будет оказывать финансовую поддержку женщинам-предпринимателям по программе HAMROH. Также подписан меморандум о сотрудничестве с фондом The Foundation West-Eastern Encounters. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook