Yazı məzmunu
"Kashtaga qiziqishim avloddan o‘tgan bo‘lsa kerak" — Mahliyo Mannonova Buvisi, onasi, xolalari qiyiq tikkan, asli vodiylik bo‘lgan Mahliyo Mannonova Qashqadaryoning Shahrisabz shahriga kelin bo‘lgach, kashta turining qanchalik ko‘p ekanligini bilgan va iroqi kashtaga boshqacha ko‘ngil qo‘ygan. Iroki kashta tikishda 3000ming yillik naqshlardan foydalanadigan tadbirkor hozirda qadimiy va milliy nusxalardan foydalanib qalpoq, hamyon, etik, shippak, xar xil sumkalar, kostyumlar ishlab chiqarmoqda. 14 yildan buyon faoliyat olib borayotgan tadbirkor hozirgi kunda Turkiya va Yevropa davlatlaridagi mijozlariga mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Shu bilan birga ustoz-shogird an‘analariga sodiq qolgan holda, institut va universitetlardagi talabalar turar joyida kashtachilikni o‘rgatib, ularning daromad topishlariga sababchi bo‘lmoqda. Tadbirkor o‘tgan yili "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. “Yaqinda Hamroh kompaniyasi yordami bilan o‘z brendimga ega bo‘ldim. Bu brend orqali o‘z biznesimni yanada rivojlantirib, mahsulotlarimni dunyo bozoriga olib chiqmoqchiman,” deydi tadbirkor. - - - «Интерес к вышивке передался мне по наследству», — Махлиё Маноннова Бабушка, мать и тёти Махлии Маноновой, родом из Ферганской долины, занимались вышивкой «кийик». Выйдя замуж и переехав в город Шахрисабз Кашкадарьинской области, она узнала, насколько разнообразны виды этого искусства, и особенно полюбила ирокийскую вышивку. Сегодня предпринимательница на основе древних национальных образцов изготавливает тюбетейки, кошельки, сапоги, тапочки, различные сумки и костюмы, украшая их узорами, насчитывающими три тысячи лет. Занимаясь предпринимательской деятельностью уже 14 лет, сегодня Махлиё Маноннова поставляет свою продукцию клиентам из Турции и европейских стран. Оставаясь верной традиции «наставник-ученик», она обучает студентов, проживающих в общежитиях вузов, искусству вышивки, тем самым помогая им зарабатывать. В прошлом году Махлиё Маноннова была удостоена нагрудного знака «Активный предприниматель». «Недавно при поддержке компании Hamroh я создала собственный бренд. С помощью этого бренда я планирую ещё больше развить свой бизнес и вывести свою продукцию на мировой рынок,» — говорит предпринимательница. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook