Yazı məzmunu
Britaniya hukumati, Jahon banki hamda Markaziy Osiyodagi EGED mintaqaviy ofisi hamkorligida Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdik. Tadbir doirasida ayollar ishtirokidagi iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, Mehnat kodeksining amaliyotda joriy etilishi hamda tadbirkor ayollar uchun elektron tijoratni rivojlantirish kabi keng qamrovli masalalar muhokama qilingan panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bizning tajribamiz asosida ayollarni tadbirkorlikka yo‘naltirishdagi yondashuvlarimiz, dasturlarimiz samaradorligini qanday baholayotganimiz va mentorlik, maslahatlar hamda monitoringning ahamiyati haqida gapirib berdik. Shuningdek, barqaror rivojlanishga erishgan tadbirkor ayollarimizning hayotiy hikoyalari bilan ham o‘rtoqlashdik. - - - Мы приняли участие в круглом столе на тему «Расширение экономических возможностей женщин в Узбекистане», организованном Центром «Стратегия развития» в партнёрстве с Всемирным банком, Региональным офисом EGED в Центральной Азии и Правительством Великобритании. В рамках мероприятия прошла панельная сессия, где обсуждали широкий круг вопросов от развития электронной коммерции для предпринимательниц до реализации норм Трудового кодекса и других социально-экономических аспектов, влияющих на участие женщин в экономике. Мы поделились опытом Hamroh о том, как поддерживаем женщин на пути к предпринимательству, как оцениваем эффективность наших программ и почему менторство, консультации и мониторинг имеют значение. Также поделились реальными историями наших предпринимательниц, чьи проекты стали примерами устойчивого роста. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook