TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #196

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar506Yazı baxışları
Yayımlandı21 avq21.08.2025, 16:08
Məzmun

Yazı məzmunu

Hamroh moda sohasidagi ayol tadbirkorlar uchun o‘quv safarini tashkil etdi 18-avgust kuni biz BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda akseleratsion dasturimiz WESPda tahsil olayotgan moda sohasidagi ayol tadbirkorlar uchun ikki kunlik o‘quv turini boshladik. Birinchi kuni ishtirokchilar milliy merosga asoslangan brendlar bilan tanishdilar. Dizaynerlar Yulduz Muxiddinova va Marjan Dusaliyeva o‘zlarining ijodiy yo‘llari bilan bo‘lishdilar, shuningdek, Human House Galleryda ularga 260 dan ortiq dizaynerlik ishlari namoyish etildi. Mohira Sultonova esa an’anaviy hunarmandchilik orqali ayollarni qo‘llab-quvvatlash loyihalari haqida so‘zlab berdi. O‘quv safari ko‘rsatdiki, moda va an’anaviy hunarmandchilik O‘zbekiston kreativ iqtisodiyotining bir qismiga aylanmoqda. Suzane naqshli kashtachilikdan tortib, ikat va adras matolarigacha — ishtirokchilar madaniy meros qanday qilib biznes uchun yangi imkoniyatlarga aylanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. - - - Hamroh организовала для женщин-предпринимательниц на сопровождении образовательный тур в сфере моды 18 августа мы вместе с ПРООН начали двухдневный образовательный тур для женщин-предпринимательниц из сферы моды, которые обучаются в нашей акселерационной программе WESP. В первый день участницы познакомились с брендами, созданными на основе национального наследия. Дизайнеры Юлдуз Мухиддинова и Маржан Дусалиева поделились своим творческим путём, а в Human House Gallery участницам представили более 260 дизайнерских работ. Также Мохира Султонова рассказала о проектах по поддержке женщин через традиционное ремесло. Учебный тур показал, как мода и традиционные ремёсла становятся частью креативной экономики Узбекистана. От вышивки сюзане до тканей икат и адрас — наши участницы увидели, как культурное наследие может превращаться в новые возможности для бизнеса. 💬Telegram | 📷Instagram | 📒Facebook