Yazı məzmunu
Moda sohasidagi o‘quv safarimizning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikki kunlik moda sohasidagi o‘quv safarimiz zamonaviy brendlar va ularning yaratuvchilari hikoyalari bilan tanishish orqali davom etdi. Teplo Store’da ishtirokchilar Oynur Collection, Suraya Collection, Ramz Jewelry ishlarini, shuningdek, tabiiy matolar an’anaviy naqshlar bilan uyg‘unlashgan Marhamat Umarovaning Maru brendi bilan tanishishdi. Har bir dizayner meros va zamonaviylikni modada qanday uyg‘unlashtirish mumkinligini o‘z uslubida namoyish etdi. Keyinroq Navro‘z bog‘ida o‘z loyihalarini Lamaisonduchapan, Marjona Sultonova (Nuur by Marjona) va Sofiya Yusupova (Adras Republic) taqdim etishdi. Ular xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zbek modasi jahon sahnasida qanday e’tirof topayotganini so‘zlab berishdi. Ushbu safar ayollarimiz uchun nafaqat brend yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim manbai, balki ichki va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni mustahkamlashda ilhom manbai ham bo‘ldi. - - - Прошел второй день нашего образовательного тура в сфере моды! Наш двухдневный образовательный тур в сфере моды, организованный вместе с ПРООН, продолжился знакомством с современными брендами и историями их создателей. В Teplo Store участницы увидели работы Oynur Collection, Suraya Collection, Ramz Jewelry, а также коллекцию Мархамат Умаровой - Maru, где натуральные ткани переплетаются с традиционными узорами. Каждый дизайнер по-своему показал, как сочетать наследие и современность в моде. Далее, в парке Навруз, свои проекты представили Lamaisonduchapan и Маржона Султонова (Nuur by Marjona) и София Юсупова (Adras Republic) поделились опытом участия в международных выставках и рассказали, как узбекская мода находит признание на мировой арене. Этот тур стал для наших женщин не только источником практических знаний о создании и развитии бренда, но и вдохновением для укрепления конкурентоспособности на внутренних и международных рынках. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook