TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #217

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar427Yazı baxışları
Yayımlandı15 sen15.09.2025, 16:51
Məzmun

Yazı məzmunu

Bizning akseleratsiya dasturimizni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar uchun “Biznes-laboratoriya” o‘tkazdik. Ushbu dastur BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Uchrashuvda Toshkent shahridan qariyb 40 nafar ayol tadbirkor ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Nozima Davletova ochib berdi. Ishtirokchilar o‘z startaplarini taqdim etdilar, loyihalarni muhokama qildilar va ekspertlardan maslahat oldilar. Tadbir davomida bir qator spikerlar o‘z bilim va tajribalarini ulashdilar. Ular orasida Testo by Zamira asoschisi Zamira Raxmanova, Crowe Uzbekistan rahbari va auditor Vera Bell, “Elektron auksionlar” AJ direktori Sohibjon Murodov, yurist Jaksilik Igilikov va eksport masalalari bo‘yicha mutaxassis Dildora Atadjanova bor edi. Ayollar uchun eng muhim mavzular — marketing va targ‘ibot, elektron auksionlarda ishtirok etish, soliq tizimi, eksport imkoniyatlari va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Ekspertlar bu borada amaliy yechimlar taklif etib, o‘z tajribalaridan misollar bilan bo‘lishdilar. Bizning ayollarimiz uchun bu “Biznes-laboratoriy” nafaqat o‘z g‘oyalarini taqdim etish, balki yangi tanishlar orttirish, qo‘llab-quvvatlash va ilhom topish imkoniyatiga aylandi. - - - Мы провели тренинг «Бизнес-лаборатория» для участниц, окончивших акселерационную программу Hamroh, которая реализуется совместно с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов. Мероприятие собрало около 40 женщин-предпринимательниц из Ташкента. Открыла мероприятие консультант руководителя Администрации Президента Узбекистана Нозима Давлетова. Участницы представили свои стартапы, обсудили проекты и получили советы от экспертов. Своим опытом поделились такие спикеры, как основательница сети семейных кафе Testo by Zamira Замира Рахманова, руководитель и аудитор Crowe Uzbekistan Вера Белл, директор АО «Электронные аукционы» Сохибжон Муродов, практикующий юрист Жаксылык Игиликов, консультант по экспорту Дилдора Атаджанова. Обсуждали самые актуальные для женщин вопросы: маркетинг и продвижение, участие в электронных аукционах, налоговую систему, экспортные возможности, а также доступ к финансированию. Эксперты помогали искать практические решения, делились инструментами и примерами из собственного опыта. Для наших женщин «Бизнес-лаборатория» стала возможностью не только представить свои идеи, но и расширить круг знакомств, получить поддержку и вдохновение для дальнейшего роста. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook