TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #218

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar534Yazı baxışları
Yayımlandı17 sen17.09.2025, 10:24
Məzmun

Yazı məzmunu

Hamroh O‘zbekistonda We-Fi Code tashabbusiga qo‘shildi! 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Women Entrepreneurs Finance Code (We-Fi Code) dasturining birinchi yillik natijalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu xalqaro tashabbus ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy resurslarga yo‘l ochish va biznesda teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. We-Fi Code 2023-yilda xalqaro moliya institutlari va donorlar ko‘magida ishga tushirilgan bo‘lib, O‘zbekistonda uning milliy koordinatori sifatida Markaziy bank faoliyat yuritmoqda. Markaziy bank tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va xususiy sektorni birlashtirib, ayollar tadbirkorligini tizimli qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ydi. Hamroh uchun bu kun juda muhim bo‘ldi — biz hamkorlik memorandumi imzoladik va tashabbusning rasmiy ishtirokchisiga aylandik. Bizning vazifamiz — ayollarga bilim va tajriba berish, moliyaviy resurslarga yo‘l ochish va barqaror biznes yuritishda ularni qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, tadbirda yangi onlayn-dashboard taqdim etildi. Unda tashabbus doirasidagi taraqqiyot ko‘rsatkichlari va ayol tadbirkorlarning hikoyalari ochiq tarzda jamlangan. Ular orasida Hamroh ishtirokchilari ham bor — ularning yutuqlari endi xalqaro platformaning bir qismiga aylandi. - - - Hamroh стал участником We-Fi Code в Узбекистане! 15 сентября в Центральном банке Узбекистана прошло мероприятие, посвящённое первому году реализации Women Entrepreneurs Finance Code (We-Fi Code) — глобальной инициативы, направленной на расширение доступа женщин-предпринимательниц к финансированию и созданию равных возможностей для бизнеса. We-Fi Code был запущен в 2023 году при поддержке международных финансовых институтов и доноров, а в Узбекистане его национальным координатором выступает Центральный банк. Именно он объединил коммерческие банки, микрофинансовые организации и частный сектор в единую коалицию, чтобы системно поддерживать женщин в бизнесе. Для нашей компании этот день стал особенно важным — Hamroh подписал Меморандум о сотрудничестве и официально присоединился к числу участников инициативы. Мы будем вносить свой вклад через консультации, менторство и помощь женщинам в получении финансирования и развитии устойчивого бизнеса. Также был представлен новый онлайн-dashboard, где в открытом доступе собраны данные о прогрессе инициативы и истории женщин-предпринимательниц. Среди них и участницы Hamroh, чьи успехи теперь стали частью международной платформы. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook