TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #238

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar686Yazı baxışları
Yayımlandı14 okt14.10.2025, 13:40
Məzmun

Yazı məzmunu

Toshkent shahrida BMTTD bilan hamkorlikda hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida WESP dasturimizning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichda ishtirokchilar o‘quv jarayonining amaliy jihatlariga chuqur kirib borishmoqda: ular bozorni tahlil qilish, o‘z brendini rivojlantirish, moliyani boshqarish va g‘oyalarni real biznes yechimlariga aylantirishni o‘rganishmoqda. Har bir guruh – bir hikoyadir. Ishtirokchilar orasida o‘qishni, biznes yuritishni va oilaviy g‘amxo‘rlikni bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli olib borayotgan ayollar ham bor. Ulardan biri darslarga farzandi bilan birga keladi – uning misoli matonat va ishga bo‘lgan muhabbat orqali oilaviy hayot va professional rivojlanish o‘rtasida uyg‘unlik topish mumkinligini ko‘rsatadi. Biz uchun akseleratsiya dasturi – bu shunchaki ta’lim emas. Bu ayollar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan, tajriba almashadigan va birgalikda o‘sadigan hamjamiyatdir – ham professional, ham shaxsiy jihatdan. --- В Ташкенте проходит второй этап программы WESP, которую мы реализуем совместно с ПРООН и при поддержке Министерства экономики и финансов. На этом этапе участницы углубляются в практическую часть обучения: учатся анализировать рынок, развивать свой бренд, управлять финансами и превращать идеи в реальные бизнес-решения. Каждая группа — это отдельная история. Среди участниц есть женщины, которые совмещают обучение, ведение бизнеса и заботу о семье. Одна из них приходит на занятия вместе с ребёнком — её пример вдохновляет и показывает, что настойчивость и любовь к своему делу помогают находить гармонию между семьёй и профессиональным развитием. Для нас акселерационная программа — это не просто обучение. Это сообщество, где женщины поддерживают друг друга, делятся опытом и растут вместе — профессионально и лично. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook